Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


 Chorvachilik sohalarini sanab bering. 2


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

1. Chorvachilik sohalarini sanab bering.
2. Chorvachilik mahsulotlariga nimalar kiradi?
Chorvachilikda naslchilik ishlari. Chorva mollarini 
parvarish qilish va mahsulotlar sifatini oshirish yo‘llari
Nasldor buqalarni boqishda ularga beriladigan ozuqani or-
tiqcha kuchaytirish yoki kamaytirish maqsadga muvofiq emas. 
Chunki, hamma vaqt kuchli oziqalar bilan to‘ydirib boqish 
ular tanasining yog‘ bosib ketishiga olib keladi. 
Aksincha, sifatsiz yem-xashak bilan boqish ular organizmi-
ni bo‘shashtirib, quvvatsizlantirib qo‘yadi. Binobarin, nasldor 
buqalarni boqishda, ilmiy asoslangan istiqbolli usullar asosida 
ratsion tuzish kerak
bo‘ladi. U quyidagicha bo‘lishi mumkin. 
Nasldor buqalardan avlod olish uchun foydalanish vaqtida 
ular ning har 100 kg tirik vazni hisobiga 1,3 kg oziq birligi va 
140 g hazm bo‘ladigan protein (ozuqa) berish rejalashtiriladi.
Qoramollardan olinadi-
gan asosiy mahsulot sut 
va go‘sht hisoblanadi. Teri, 
ichki organlari, juni va 
shox-tuyoqlari qo‘shimcha 
mahsulotlardir.
Sigirlarning sut mah-
suldorligi. Sersut sigirlar 
iste’mol qiladigan yem- 
xashakni yuqori darajada 
14-rasm. Yelini kеng sеrsut sigir.


221
sutga aylantira olishi ularning eng muhim xususiyati hisob-
lanadi. 
Binobarin, ularning oziqasiga alohida e’tibor berilmasa, si-
girlar tezda oriqlab ketadi. 
Sersut sigirlarning yelini katta bo‘lib, yil sayin u yana kat-
talashib borish xususiyatiga ega (14-rasm). Sigirlarning sut 
mahsuldorligi ko‘p jihatdan ular ozuqasining me’yori va ko-
loriyasiga bog‘liq.
1.
 
Nasldor buqalar qanday boqiladi?
2. Qoramollardan olinadigan qo‘shimcha mahsulotlarga nimalar kiradi?

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling