Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Molxonalarga nisbatan talablar


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Molxonalarga nisbatan talablar. Chorva mollari uchun 
mo‘ljal 
langan fermalar shamoldan himoyalangan, yerosti suv-
lari chuqurligi 4 m dan kam bo‘lmagan balandroq joyga 
qurilishi lozim. Shuningdek, molxonalar aholi yashaydigan 
binolardan kamida 500–1000 m narida, shamolga teskari va 
pastroq tomonda, temiryo‘l va avtomobillar qatnaydigan katta 
yo‘llardan 300 m uzoqda bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Molxonalarni shamollatib turish uchun havo tortadigan tru-
balar yoki maxsus havo almashtirgich o‘rnatiladi. Natijada, 
molxonadagi zararli gazlar, suv bug‘lari chiqib, u toza havo 
bilan almashinadi va hayvonlar uchun qulay sharoit yaratiladi.
1.
 
Chorva mollarini qanday sharoitlarda boqish lozim?
2. Molxonalarda issiqlik qanday bo‘lishi kerak?
3. Molxonadagi namlikning qanday ahamiyati bor?
Chorvachilikda baliqchilik, asalarichilik, 
quyonchilikning ahamiyati va tarmoqlari
Baliqchilik chorvachilikning o‘ziga xos sohalaridan biri. 
Ayniqsa, mamlakatimiz sharoitida bu sohaga ehtiyoj tobora 
ortib bormoqda. 
15 – Mehnat ta’limi, 5-sinf


226
Baliq va baliq mahsulotlari o‘zining to‘yimliligi va oziqaviy 
qiymati jihatidan qishloq xo‘jaligi hayvonlari go‘shtiga 
o‘xshash bo‘lib, hazm bo‘lishi jihatidan ulardan birmuncha 
yuqori turadi.
Ovlanadigan hamma baliqlarning 80 foizi ochiq suv havza-
larida tutiladi. 
Orol dengizi bilan Sirdaryo va Amudaryodan usach, leshch, 
vobla, marinka va okun ovlanadi. Kichik havzalarda esa okun
karp, osetr va boshqa baliq turlari uchraydi.
O‘zbekistonda baliqchilikni jadal rivojlantirish maqsadida 
ko‘plab baliqchilik xo‘jaliklari barpo etilgan. Shuningdek, 
barcha suv omborlarida, baliq urchitish hamda uning tuxumi-
ni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan xo‘jaliklar soni ortib 
bormoqda. 
Markaziy Osiyo respublikalarida, shu jumladan, respubli-
kamiz viloyatlaridagi suv havzalarida tez yetiluvchan, tez 
ko‘payuvchan go‘sht sifatida yuqori bo‘lgan baliq turlaridan: 
oq amur, ilonbosh va do‘ngpeshona kabi baliqlar urchitib 
ko‘paytirilmoqda.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling