Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

1.
 
Baliqchilik haqida tushuncha bering.
2. Asalarichilik haqida nimalar bilasiz?
3. Quyonlarning hayotimizdagi ahamiyati nimalardan iborat?


228
Chorvachilik fermalarida qoramollarni parvarish 
qilish va ish jarayoni bilan tanishish
Buzoqlarni parvarish qilish chorvachilikda muhim ahami-
yatga ega. Yaxshi boqilmagan va noqulay sharoitda saqlangan 
buzoqlar zotdor sigir bolalari bo‘lishiga qaramay, ulardan 
mahsuldor sigir chiqmasligi mumkin.
Emadigan buzoqlarni boqish. Buzoqlar maqsadga qarab 
go‘sht olish, naslga qoldirish uchun boqiladi. Bo‘rdoqiga 
boqiladigan buzoqlarga ko‘proq oqsilli, o‘stirish uchun 
qoldirilgan buzoqlarga esa dag‘al va shirali oziqlar beriladi. 
Buzoqlarga emish davrida ikki oygacha 200–250 kg yog‘i 
olinmagan, ikki oylik bo‘lgandan so‘ng yog‘i olingan sut 
ichiriladi. Buzoqlarni sut bilan boqishda so‘rg‘ichlardan 
foydalaniladi.
Buzoqlar 10–12 kunlik bo‘lganda yumshoq poyali pichan, 
20 kunlikdan boshlab suli yormasi, zig‘ir kunjarasi berila 
boshlaydi. Ikki oylik buzoqlarga yuvib tozalangan shirali 
oziqlardan xashaki lavlagi va sabzi beriladi, uch-to‘rt oyligidan 
boshlab esa, sekin-asta sifatli silosga o‘rgatiladi.
Emizib boqish. Bu usulda sigirlar sog‘ilmaydi, buzoqlar 
sigirni emib katta bo‘ladi. Ayrim hollarda buzoqlar onasidan 
ajratib olinib, kamroq sut beradigan sigirlarga biriktirib 
qo‘yiladi. Bunda har bir sigir bilan ikkita buzoqni boqish 
mumkin. Sersut sigirlar butun sut berish davrida 4–6 ta 
buzoqni to‘ydira oladi. Bunday boqish ko‘proq yaylov 
sharoitida bo‘lib, boqish uchun mablag‘ ko‘p sarflanmaydi, 
yosh mollar yaxshi rivojlanadi. 
Emizish-sog‘ish usuli keng tarqalgan bo‘lib, buzoqlar 
dastlabki 5–6 kungacha onasi yonida bo‘ladi, og‘iz sutini 
emadi, so‘ng ular ajratilib, sigirni sog‘ish oldidan va sog‘ib 


229
bo‘lgandan so‘ng bolasiga emiziladi. Buzoqlarni emizib-
sog‘ish usulida sigirning sutini ko‘paytirish va buzoqlarni 
yaxshi o‘stirish mumkin. Chunki buzoqlar onasi bilan birga 
bo‘lganligi uchun qaymog‘i olinmagan sutga muhtoj bo‘lmaydi, 
sigirlarni fermalarda boqish va mexanizmlar bilan sog‘ishni 
tashkil etish qiyinlashadi. Shuningdek, sigirlar buzoqsiz qolsa, 
sutdan tez chiqadi.
Ajratib boqish. Bu usulda buzoqlar tug‘ilishi bilan onasidan 
ajratilib, maxsus buzoqxonada boqiladi. Buzoqxonalar 
nihoyatda toza, quruq va sharoiti yaxshi bo‘lmog‘i lozim. 
Shuning uchun buzoqlar sog‘lom o‘sadi. Shunday sharoitda 
asralgan buzoqlarga og‘iz suti ichiriladi. Buzoqlar og‘iz suti 
bilan ta’minlansa yaxshi o‘sadi, chunki og‘iz sutida tez hazm 
bo‘luvchi oqsil, mineral tuzlar va kasallikdan saqlaydigan 
himoya moddalar bo‘ladi. Buzoqlarga tug‘ilgandan so‘ng 
dastlabki 10–15 kun ichida kuniga to‘rt mahal og‘iz suti 
ichirib turiladi. Agar buzoqning o‘z onasi kasallanib qolsa, 
unga bir vaqtda tug‘gan va boshqa sog‘lom sigirning sutini 
berish tavsiya etiladi.
Buzoqlar taxminan 20 kundan so‘ng umumiy buzoqxonaga 
ko‘chiriladi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling