230
sigirlar erta bahorda bolalagandan so‘ng yaylovlarda boqiladi.
Yaylovning ko‘kat oziqlari va
sigir suti bilan boqilgan
buzoqlar tez o‘sadi. Buzoqlar sutdan ajratilgandan keyin ham
yaxshi boqiladi va kelasi yil bahorda yaylovga olib chiqiladi.
Bo‘rdoqiga boqilayotgan buzoqlarga sutkasiga 30–40 kg o‘t
beriladi, suv va qo‘shimcha mineral oziq bilan ta’minlab
turiladi. Yaylovlarda yaxshi boqilgan mollar sutkasiga 900–
1000 g semirishi mumkin.
Yaylovi bo‘lmagan hududlarda mollarni bo‘rdoqiga
boqishda
yem-xashak ekinlari yetishtirishdan olingan ko‘katlar, pichan
va shirali oziqlardan keng foydalaniladi.
Mollarni semirtirishda
lavlagi, turp, barda kabilar berib boqiladi. Ba’zi xo‘jaliklarda
mollar silos, senaj, ko‘kat oziqlar bilan ham boqib yaxshi
semirtiriladi. Umuman, bo‘rdoqiga
boqish uch davrga
bo‘linadi. Boshlang‘ich va o‘rta davrlarda mollar arzon oziqa
bilan
boqiladi, oxirgi davrda esa ularga ko‘proq yem beriladi.
1.
Yangi tug‘ilgan buzoqlar qanday parvarish qilinadi?
2. Emadigan davrda buzoqlar qanday boqiladi?
3. Buzoqlarni bo‘rdoqiga boqish qanday amalga oshiriladi?