Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

yog‘och to‘qmoqdan 
foydala 
nish ma’qul (57-rasm, d). Yog‘och to‘qmoqning 
muhrasi katta va tekis bo‘lib, iskana dastalarini, yog‘och sirt-
larini ezmaydi, uning yordamida bolg‘alash qulay. O‘quvchilar 
o‘yish-teshish vaqtida bolg‘ani qo‘llariga urib olmasliklari 
uchun ko‘zlarini dastadan olmaydilar, tig‘ga esa e’tibor ber-
maydilar. Buning natijasida iskana rejadan chiqib, yog‘ochni 
o‘yib qo‘yadi. Shuning uchun buyumlarni yig‘ish, qismlar-
ning jipsligini ta’minlash, iskanalar bilan ishlashda yog‘och 
to‘qmoqlardan foydalaniladi.
Yog‘och to‘qmoqlar qayrag‘och, chinor, akatsiya, tut kabi 
qattiq pishiq yog‘ochlardan randalab yoki yog‘och ishlanadi-
gan tokarlik stanogida yo‘nib ishlanadi. 
Po‘lat va plastik bolg‘alar, to‘qmoqlar bilan metallga ishlov 
berish texnologiyasi bo‘limida tanishgansiz.
1. Bolg‘alar bilan qanday ishlar bajariladi?
2. Bolg‘a qaysi qismlardan iborat?
3. Bolg‘alar vazniga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
4. Yog‘och va plastmassa to‘qmoqchalar bilan qanday ishlar baja-
riladi?
5. Bolg‘a va to‘qmoqchalar bilan ishlashda qaysi xavfsizlik qoidala-
riga rioya qilish shart?


70
Yog‘ochni o‘yishni o‘rganish.
Ishni bajarish tartibi
Berilgan texnologik xarita asosida yog‘ochni rejalash, arralash, randa-
lash va o‘yish operatsiyalarini bajarishni o‘rganing (58-rasm).
Jihozlar: To‘qmoqlar, iskanalar, o‘lchash va rejalash asboblari. 
58-rasm. Yo‘g‘ochni o‘yishning texnologik xaritasi.

Eskiz
Ishning maz-
muni
Mehnat quroli
Xomashyoni 
tanlash, o‘lcham 
olish, randalash
arralash
O‘lcham olish,
randalash,
arralash
O‘lcham olish,
randalash,
arralash
O‘lcham olish,
randalash,
o‘yish, arralash
Buyumlarni
jilvirlash,
pardozlash
1
2
3
4
5

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling