Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Egovlarning tuzilishi va turlari
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
Egovlarning tuzilishi va turlari
Egovlar ham kesuvchi asboblar hisoblanadi. Ular o‘lchami 71 va shakli har xil bo‘lgan hamda ish yuzasiga tishlar o‘yilgan polosa, brusok yoki chiziqdan iboratdir. Egovlar profiliga, tishlarning shakliga, qanday joylashganiga va o‘lchamlariga qarab xilma-xil bo‘ladi. Egovlar yassi, kvadrat, uch qirrali, dumaloq shakllarda tayyorlanadi. Ularning shakllariga qarab egovlashda qo‘llaniladi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, egovlar yordamida dag‘al, toza va mayin tekislik holatigacha ishlov beriladi. Egov bilan zagotovkadagi kichik qo‘yim olib tashlanadi va shundan so‘ng detal chizmada ko‘rsatilgan aniq o‘lchamlar va shaklga ega bo‘ladi. Tishlarning kattaligi va ish qismining 10 mm uzunlikdagi soniga qarab egovlar quyidagi turlarga bo‘linadi: dag‘al – 5–12 tishli egovlar dastlabki zagotovkaning sirtiga xomaki ishlov berishda qo‘llaniladi. Toblangan egovning sig‘imi zich (qattiq), och kulrang baxmalsimon bo‘lishi lozim. Ulardan charxlash, kesish va jilvirlash uchun ishlatiladigan har turli abraziv asboblar tayyorlanadi. 59-rasmda egovning umumiy ko‘rinishi va chuqurchalari tasvirlangan. Chuqurchalar orasida hosil bo‘lgan bo‘rtiqlar egovning tishlari hisoblanib, ular pona shaklida bo‘ladi. 59-rasm. Egovlar: a) tuzilishi; b) bir qirrali; d) ikki qirrali; e) nuqta qirrali. Uchi Qirra Yonlar Tovor Halqa Dasta a b d e 72 Egovlar asbobsozlik po‘latidan yasaladi. Ular bir-biri- dan ko‘nda lang kesimining shakli, o‘ydim-chuqurlarining ko‘rinishi, bitta uzunlik birligidagi bo‘rtiqlarining soni va ish- chi qismining uzunligi bilan farqlanadi. Ishlash vaqtida egov ilgarilama-qaytma harakatlantiriladi va uning oldinga harakatlanishi ish yurishi, orqaga harakatlanishi salt yurish deb ataladi. Ish yurishi jarayonida asbob zagotov- kaga bosiladi va salt yurishda bosilmaydi. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling