Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Egovlash deb nimaga aytiladi? 2


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

1. Egovlash deb nimaga aytiladi?
2. Egov tishlari qanday ko‘rinishlarda bo‘ladi?
3. Zagatovkaga xomaki ishlov berishda qanday tishli egovlardan foy-
dalaniladi?
4. Qanday sirtlarni egri chiziqli sirtlar deyiladi?
5. Qavariq va botiq sirtlar qanday egovlar bilan ishlanadi?
Turli shakldagi egovlar bilan silliqlash mashqlarini bajarish.
Jihozlar: Zagotovka, egovlar va dastgohlar.
Jilvir qog‘oz tuzilishi va turlari
Sirtlarni jilvirlab ishlov berish. Sirtlarni pardozlashdan 
oldin jilvir bilan ishqalab to‘g‘ri chiziqliligini yaxshilash va 
tozalash kerak. O‘tkir qirralarni hamda burchaklarini egovlash 
va shundan keyin jilvir bilan ishlov berish lozim.
Jilvir bir tomoniga mayda qattiq minerallar yoki shisha ku-
kuni yelimlab yopishtirilgan ip mato yoki qalin qog‘ozdan 
iborat bo‘ladi. Ular o‘z navbatida donlarining yirikligiga qa-
rab dag‘al (№ 6, № 5, № 4), o‘rtacha (№ 3, № 2), mayda 
(№ 1, № 0), pardozlash (№ 00, Ld000) jilvirlariga bo‘linadi. 
Sirtlarni jilvir bilan pardozlashda maxsus yog‘ochlar bo‘lishi 


73
va jilvirni ularga mixlar bilan mahkamlanishi lozim. Kichik 
yog‘och detallar boshqacha usulda ishlanadi. Jilvir tekis yu-
zali taxtaga o‘rnatiladi va ishlov beriladigan detalni ana shu 
taxtaga qo‘yib turli yo‘nalishlarda ishqalanadi.
Buyum detalining sirtiga gullar tushirishni oldin tayyorlab 
qo‘yilgan o‘yma andaza bilan bajarish eng ma’qul usuldir.
2.3. MASHINA, MEXANIZM, STANOKLAR VA 
ULAR BILAN ISHLASH
Yog‘ochga ishlov berish stanoklari va 
ularning tuzilishi haqida tushuncha 
Maktab duradgorlik ustaxonalarida aksariyat hollarda STD–
120 tipidagi yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik stanoklari 
o‘rnatiladi. 
Yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik stanoklari yordamida 
yog‘och materiallardan har xil aylanish sirtlarga ega bo‘lgan 
detallar, shakldor buyumlar tayyorlanadi.
STD–120 tipidagi yo-
g‘ochga ishlov berish tokar-
lik stanogi ning asosiy uzel-
lariga stanina (1), ol 
dingi 
babka (2), ketingi babka 
(3), tirgak (4), o‘yuvchi 
moslama (5) bo‘lib, uning 
yordamida o‘yish-teshish 
ishlari bajariladi (60-rasm).

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling