Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oldingi babka
- Keyingi babka
Stanina stanokning ta-
yanch-tutqich uzeli bo‘lib, ular bo‘ylab keyingi bab- ka va tirgak bo‘ylama yo‘nalishda suriladi. 60-rasm. STD–120 tokarlik stanogi. 74 Oldingi babka ishlanadigan yog‘och materiallarni tutib tu- radi va uni aylanma harakatga keltiradi. Oldingi babkaning shpindeliga pog‘onali shkiv kiydirilgan bo‘lib, unga tasma orqali elektr dvigateldan harakat uzatiladi. Tasmani shkivning turli pog‘onalariga almashtirish yo‘li bilan shpindelning ay- lanishlar soni o‘zgartiriladi. Keyingi babka uzun o‘lchamli yog‘ochlarni markazda tutib turish va keskich (parma)larni o‘rnatish imkonini beradi. Yo‘nish, qirqish vaqtida iskanalarni tutib (tirab) turish maqsadida tirgakdan foydalaniladi. Ishlanadigan yog‘ochning o‘lchamiga va unga qanday ishlov berilishiga qarab, tir- gakni shpindelga parallel yoki ko‘ndalang holda staninaga o‘rnatiladi. Tirgak hamma vaqt markazga moslanib, ishlana- digan yog‘ochga yaqin o‘rnatiladi. Keyingi babka va tirgak staninaning yo‘naltiruvchilari bo‘ylab oldingi babkaga nisbatan kerakli masofaga surilgani- dan so‘ng tortqi boltlar yordamida staninaga qo‘zg‘almaydigan qilib qotirib qo‘yiladi. Yog‘ochga ishlov beradigan tokarlik stanoklarida yo‘nish, qirqish ishlari maxsus tokarlik iskanalari yordamida bajariladi. Yog‘ochga ishlov beradigan tokarlik stanoklarida ishlash vaqtida quyidagi xavfsizlik qoidalariga amal qilish lozim: 1. Shpindelning hamma vaqt to‘g‘ri (ishlayotgan odamga qarab) aylanishiga e’tibor beriladi. 2. Ishlanadigan yog‘ochlarni markaz va vilka orasiga, pat- ronlarga, planshaybaga mahkam o‘rnatish lozim. 3. Shpindel aylanib turganda vilka va markaz orasiga yog‘och o‘rnatmaslik kerak. 4. Ish vaqtida tirgakni hamma vaqt markazga moslab, yog‘ochga yaqin o‘rnatib borish zarur. Buning uchun yo‘nish davomida vaqti-vaqti bilan tirgakni yog‘ochga yaqinlashtirib surib boriladi. 75 5. Ish vaqtida ketingi babka va tirgakni stanina yo‘nal- tiruvchilariga mahkam qotirib o‘rnatish kerak. 6. Stanokni to‘xtatmasdan turib ishlangan sirtning silliqli- gini qo‘l bilan tekshirmaslik kerak. 7. Ish vaqtida himoya ko‘zoynagini taqib ishlash talab eti- ladi. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling