86
Zagotovkaning eskizi va texnologik xaritasini tuzish,
tanlash, rejalash va tayyorlash
Har qanday buyumni yasash uchun uning tegishli chizmasi
va texnologik jarayonning asosini tashkil qiladigan texnologik
xari
tasi bo‘lishi shart. Texnologik
xaritalar tuzish va ulardan
foydalanish o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshiradi, texnik
tafakkurini rivojlantiradi va mustaqil
ishlashga yordam be-
radi. Bundan tashqari, texnologik xaritalarni tuzish orqali
buyumning namunasiga yoki
chizmasiga qarab uning mu-
rakkab konstruksiyasini ishlab chiqish; buyum uchun zago-
tovka tanlash va uning o‘lchamlarini
aniqlash; texnologik ja-
rayon va o‘tishlarni hamda ularni bajarish tartibini belgilash;
asboblar, uskuna va moslamalarni
tanlash kabi muhim ishlar
o‘zlashtirib olinadi.
Tuzilgan texnologik xaritalar yordamida rejalashtirilgan
buyum
ning hamma detallarini yasash va ularni yig‘ishni ba-
jarish mumkin.
«Ko‘rsatkich» (ukazka) yasashning texnologik xaritasini
tuzing.
№
Do'stlaringiz bilan baham: