Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Ishni 
bajarish 
ketma-ketligi
Ishning 
eskizi
Asboblar
Qo‘llaniladigan
moslama
o‘lchov
ishchi
Yog‘ochga ishlov berish jarayonlari bilan 
uyg‘unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi
Yog‘och o‘ymakorligi o‘zbek xalq amaliy bezak san’atining 
keng tarqalgan bir turi. Bunda biror naqsh yoki tasvir taxta 
yoki yog‘och buyumlarga chizib, kesib, o‘yib`` ishlanadi. 
Badiiy san’atning bu turi deyarli barcha xalqlarda bo‘lib, 


87
qadimgi Sharqda antik dunyo mamlakatlari arxitekturasida 
keng ishlatilgan. Asrlar davomida Yevropa va Osiyo 
mamlakatlarida yog‘och o‘ymakorligi rivojlanib, o‘ziga 
xos badiiy uslublari kelib chiqqan. Shu singari yurtimizda 
ham yog‘och o‘ymakorligi qadimdan rivojlanib uy-ro‘zg‘or 
buyumlarida va me’morchilikda keng qo‘llanilgan. Bu 
o‘ymakorlik qadimiy arxitekturaning eshik, darvoza, ustunlar
har xil to‘sin, stol, xontaxta, quticha, ramka, qalamdon va 
boshqa buyumlarni bezashda ishlatilib kelingan.
Yog‘och o‘ymakorligining o‘ziga xos turli uslub va usullari 
bor. Masalan, Xiva yog‘och o‘ymakorligi o‘ymasining 
monumentalligi, yog‘och tabiiy rangining saqlab qolishi bilan 
boshqalardan farqlanadi. Buxoro yog‘och o‘ymakorligi esa 
o‘yma naqshning jozibadorligi, jimjima naqshlarning oltin
kumush suvi bilan bezatilishi, naqsh zaminida ranglardan 
foydalanishi bilan ajralib turadi. Marg‘ilon yog‘och o‘ymakorligi 
chuqur zaminli yassi o‘ymani qo‘llab kelgan. Toshkentda 
esa naqsh bilan qoplangan yassi bo‘rtmali, zaminsiz chizma 
yog‘och o‘ymakorligi keng tarqalgan. Yog‘och o‘ymakorligi 
maktablari taxminan 40–50 yillardan keyin paydo bo‘lgan. 
Res publikamizda Qo‘qon, Xiva, Samarqand, Toshkent maktab-
lari mavjud.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling