Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Elektr o‘tkazgichlarni montaj qilish, izolatsiyalash


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

 
Elektr o‘tkazgichlarni montaj qilish, izolatsiyalash 
ishlari 
Elektr o‘tkazgich simlarini tarmoqlash tarmoqqa elektr 
iste’mol 
chilarini qo‘shish maqsadida amalga oshiriladi. 
Maishiy elektr asboblarining hammasi elektr tarmog‘iga shtep-
sel rozetkasi orqali ulanadi.
Tarmoqlashda tarmoqdagi ikkala simning 30 mm qismidagi 
izolatsiyasi montaj pichog‘i yordamida olib tashlanadi (73-
rasm, a). Biriktiriladigan simlarning uchlaridagi 50 mm izo-
latsiyasi olib tashlanadi (73-rasm, b). 
a
b
d
e
f
72-rasm. Elektr montaj asboblari: a) o‘tkir jag‘li ombur; b) montaj pichog‘i;
d) yumaloq jag‘li ombur; e) yassi jag‘li ombur; f) otvyortka.


92
a
b
d
e
Birikadigan hamma simlarning uchlari yaltiragunicha toza-
lanadi. Tarmoqlanadigan o‘tkazgichlar bir-biriga perpendiku-
lar holatda izolatsiya bilan 6 mm oraliqqa qo‘yiladi (73-rasm, 
d) va o‘ng qo‘l barmoqlari bilan ikkinchi simning ustiga 
4–5 marta o‘raladi (70-ras 
m, e). Simning ortib qolgan uchi 
o‘tkir jag‘li ombur bilan uzib, yassi jag‘li ombur bilan mah-
kam siqib qo‘yiladi. O‘tkazgichlar tarmoqlangan joy elektr 
kovya bilan kavsharlanadi va izolatsiya 
lanadi. O‘tkazgichlar 
tarmoqlangan joydan 10–15 mm naridan simning izolatsiyasi 
ustiga ikki marta izolatsiya lentasi o‘raladi. Keyin simlarning 
tutashgan joyi ham o‘rab qo‘yiladi, simlar tutashgan joyni 
izolatsiya lentasi bilan ikki-uch marta o‘ralganidan keyingina 
izolatsiya ishonch 
li bo‘ladi.
Elektrotexnika armaturasi
Elektrotexnika ishlarida vkluchatel, elektr patron, shtepsel 
vilkasi va boshqa qurilmalari ishlatiladi (74–77-rasmlar).
Vkluchatel asboblarni elektr tarmog‘iga ulash va uzish-
da qo‘llaniladi. U asos, korpus hamda siljiydigan va silji-
maydigan ikkita kontaktdan tuzilgan. Kalit kontakti mis yoki 
latundan tayyorlanadi. Tuzilishiga ko‘ra kalit devorga, shiftga 
o‘rnatiladigan yoki osma turda bo‘lishi mumkin.
Elektr patron yoritish lampasini elektr tarmog‘iga ulashda 
ishla tiladi. Patronlar shiftga, devorga o‘rnatiladigan yoki osma 
bo‘lishi mumkin. 
50
30
73-rasm. Simlarni montaj qilish va tarmoqlash.


93
Shtepsel vilkasi elektr toki iste’molchisini tarmoqqa ulashda 
ishlatiladi. Hozirda qismlarga ajralmaydigan vilkalar ko‘proq 
qo‘llaniladi. U ishonchli va xavfsiz ishlashi bilan ajralib tu-
radi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling