Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Oshxonada ishlaganda shaxsiy gigiyena qoidalari


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Oshxonada ishlaganda shaxsiy gigiyena qoidalari
Jamoat ovqatlanish joylarida, oziq-ovqat korxonalarida 
ishlovchi xodimlar shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishla-
ri juda ham za 
rur. Ularning shaxsiy gigiyena qoidalariga ri-
oya qilmasligi turli yuqumli kasalliklarni (qorin tifi, dizen-
teriya, tuberkulyoz, teri-tanosil), shu 
ningdek, turli xil ovqat-
dan zaharlanishlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun jamoat 
ovqatlanish korxonalari xodimlari ishga qabul qilinishidan ol-
din tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va sanitar-gigiyenik bilimlarni 
o‘qib o‘rganishi va imtihon topshirishi kerak. Jamoa ovqatla-
nish korxonalari xodimlari quyidagi shaxsiy gigiyena qoidala-
riga rioya qilishlari shart:
1. Ishga toza kiyimda va ozoda holda kelishi.
2. Tirnoqlar toza olingan bo‘lishi.
3. Ishga tushish oldidan qo‘lni sovunlab toza yuvish, toza 
fartukni kiyishi, sochlarni bosh kiyim ostiga olishi.
4. Shamollash alomatlari yoki yiringli yaralari, kuygan, 
kesilgan joylari bor bo‘lsa ishga qo‘yilmasligi.
5. Hojatxonaga kirishdan oldin maxsus kiyimlar yechiladi 
va chiqqandan so‘ng qo‘l sovunda tozalab yuviladi.


106
Amaliy mashg‘ulot.
Sabzavotlarga birlamchi ishlov 
berish, to‘g‘rash usullaridan foydalanib salatlar 
tayyorlash, dasturxonga tortish qoidalari
Ovqatlanishda sabzavotlar juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, 
ularning tarkibida organizm uchun zarur bo‘lgan uglevodlar, 
vitaminlar, rang va hid beruvchi moddalar, mineral modda-
lar bor. Sabzavotlarning tarkibidagi taomga rang, hid va ta’m 
beradigan moddalar ishtaha ochishda, ovqatni hazm qilishda 
muhim ahamiyatga ega.
Sabzavotlarni ovqatga ishlatishdan oldin sifati tek 
shirib oli-
nadi hamda ularga birlamchi ishlov beriladi. Sabzavotlarga 
bir 
lamchi ishlov berish jarayoni quyidagi bosqichlardan ibo-
rat:

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling