Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Pazandachilik xonasida sanitariya-gigiyena qoidalari


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Pazandachilik xonasida sanitariya-gigiyena qoidalari:
1. Ovqat va pazandachilik mahsulotlarini pishirishda max-
sus kiyimlar – ochiq rangli fartuk va qalpoq kiyish yoki oq 
ro‘mol o‘rab olish lozim.
2. Ovqatni tayyorlashga kirishishdan oldin qo‘llarni sovun 
bilan yuvish, tirnoqlar olingan bo‘lishi kerak.
3. Ovqat tayyorlashda imkon qadar yangi, sifatli mahsulotlar-
dan foydalanish talab etiladi.
4. 
Go‘shtga, baliqqa birlamchi ishlov berishda maxsus 
tamg‘a lan gan – «XG», «XB» taxtakach va pichoqlardan foyda-
lanish kerak.
5. Ish o‘rnini tez-tez tozalash va har doim ozoda, pokiza 
saqlashga rioya etilishi shart.
6. Xona jihozlari saranjomligi va ozodaligini ta’minlash lozim.
7. Toza idishlarni maxsus gigiyenik javonlarda saqlash kerak.
8. Chiqitlarni maxsus qopqoqli idishga solib, o‘z vaqtida chi-
qarib tashlash talab qilinadi.


101
Pazandachilik tarixi va taraqqiyoti. Oziq-ovqat 
mahsulotlarining ozuqaviy qiymati, inson organizmi 
uchun ahamiyati
Pazandachilik insoniyatning eng qadimiy san’atlaridan biri 
bo‘ lib, uning kelib chiqishi olovdan foydalanish, dehqonchilik 
va chorvachilik kabi sohalarning ilk davri bilan birga boshla-
nadi va shu sohalarning ravnaqiga bog‘liq holda rivojlanadi. 
O‘zbek milliy pazandachiligi ham faoliyatning boshqa tur-
lari kabi doimo o‘zgarib va takomillashib borgan. XIX asrga 
kelib O‘zbekistonda ham pomidor, karam, kartoshka, lavlagi 
kabi sabzavotlar; malina, qulupnay kabi rezavorlar yetishtirila 
boshlandi. Taomlarning turlari ko‘paydi. Sabzavotlar, meva-
lar, ko‘katlar ko‘pligi sababli bizning taom 
lar xushbo‘yligi, 
mazaliligi bilan ajralib turadi. Taomlarning xilma-xil va laz-
zatli bo‘lishini ta’minlash, ularni did bilan dasturxonga tortish 
pazandachilikning asosini tashkil qiladi. 
Pazandachilik san’ati – o‘simlik va hayvon mahsulotlaridan 
inson organizmi uchun zarur bo‘lgan, uning mehnat qobili-
yatini oshiradigan, sog‘lom hayot kechirishini ta’minlaydigan 
turli xil lazzatli, to‘yimli va pokiza taomlar tayyorlash ham-
da did bilan bezab dasturxonga berishning muayyan usullari 
yig‘indisidir.
Kishining organizmi normal rivojlanishi, sog‘lom bo‘lishi 
uchun turli xil oziq moddalar – oqsillar, yog‘lar, uglevodlar 
(shirin moddalar), mineral tuzlar, vitaminlar – suv va boshqa 
moddalar bilan ta’minlanib turilishi kerak.
Oqsillar hayot uchun eng muhim modda hisoblanadi. Oqsil 
moddalar asosan go‘sht, baliq, tuxum, don va sut mahsulot-
larida ko‘p bo‘ladi. Oqsil moddalar organizmda yangi hujay-
ralarni hosil qiladi, barcha a’zolarning o‘sishini, rivojlanishini 
ta’minlaydi va kuch-quvvat beradi. Sut oqsillari organizmda 
oson hazm bo‘ladi, to‘liq o‘zlashadi. 


102
Yog‘lar organizmga issiqlik beruvchi asosiy modda hisob-
lanadi.Yog‘lar o‘simlik va hayvonlardan olinadi. O‘simlik 
yog‘lari paxta, zig‘ir, kungaboqar, zaytun, soya kabi o‘sim-
liklarning mag‘izlaridan olinadi. Eng yaxshi yog‘ sut mahsu-
lotlaridan olinadi. O‘simlik yog‘lari ham har xil taomlar va 
salatlar tayyorlashda ishlatiladi. Hayvon yog‘lari mol, qo‘y 
kabi hayvonlar teri osti va ichki charvi yog‘laridan olinib, 
ular organizmda qiyin hazm bo‘ladi.
Uglevodlar (shirin moddalar) organizm uchun asosiy quv-
vat, issiqlik manbayi hisoblanadi. Uglevodlarning asosiy man-
balari: qand, asal, shirinliklar, ho‘l mevalar, sabzavotlar, sut 
va don mahsulotlaridir. Uglevodlar organizmda tez va oson 
hazm bo‘ladi.
Kishining normal o‘sishi va rivojlanishi, kasalga chalinmas-
ligi uchun vitaminlarning ahamiyati juda katta. Vitaminlarning 
asosiy manbalari sabzavot va mevalar, don mahsulotlari, ba-
liq, sut va sut mahsulotlaridir.
Kishi organizmi uchun zarur bo‘lgan oziq moddalarni har 
kuni iste’mol qiladigan taom va oziq-ovqat mahsulotlari orqa-
li qabul qiladi. Ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Sut va sut mahsulotlari.
2. Go‘sht va go‘sht mahsulotlari.
3. Don va don mahsulotlari.
4. Sabzavot va mevalar.
5. Oziq-ovqat yog‘lari.
6. Qand va qandolatlar.
Sut tarkibida organizm uchun zarur bo‘lgan barcha mod-
dalar mav 
jud. Bundan tashqari, organizmdagi kasalliklarni 
yo‘qotuvchi va oldini oluvchi moddalar bor. Sut mahsulotla-
riga qatiq, tvorog, suzma, pishloq, qaymoq, sariyog‘ va bosh-
qalar kiradi.
Go‘sht – O‘zbekistonda, asosan, qo‘y va mol go‘shti, shu-
ningdek, ot, echki, parranda, baliq go‘shtlari iste’mol qilina-


103
di. Go‘sht mahsulotlariga kolbasalar, sosiska, yaxna go‘shtlar, 
qazi, go‘shtli konservalar kiradi. Bular yuqori qimmatli, 
to‘yimli mahsulotlardir.
Don mahsulotlari juda ko‘p guruhlarga bo‘linadi. Ularga 
yormalar (guruch, grechka, manniy, arpa, suli, tariq), dukkak-
li donlar (mosh, loviya, no‘xat), makaron mahsulotlari, non 
va non mahsulotlari kiradi. Ulardan tayyorlanadigan taomlar 
uglevodlar, mineral moddalar va vitaminlarga boy bo‘ladi.
Sabzavot va mevalarda organizm uchun zarur moddalar bor. 
Ularning tarkibida uglevodlar, mineral moddalar, ayniqsa, vi-
taminlar ko‘p bo‘ladi. Ishtahani ochishda, ovqat hazm qilish-
da, ichak faoliyatini yaxshilashda sabzavotlarning ahamiyati 
katta. Piyoz, sarim 
soqpiyoz, turp, sholg‘om kabi sabzavotlar-
da organizmdagi zararli mikroblarni o‘ldiruvchi moddalar bor.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling