Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Kerakli masalliqlar: 300 g kartoshka, 40 g sut, 10 g sa-
riyog‘.
Ishni bajarish tartibi: 1. Kartoshkaning po‘sti archilib, 
yuvilib, bo‘laklarga bo‘linadi va tuzli suvda qaynatib pishi-
riladi. 
2. Kartoshka pishganidan so‘ng, suvi to‘kilib, issiqligida 
eziladi.
3. Ezilgan kartoshkaga sekin-asta qaynatilgan sut va sari-
yog‘ solib aralashtiriladi, tuzi rostlanadi. Bunday kartoshka 
bo‘tqasini alohida taom sifatida ham, quyuq taomlarga garnir 
sifatida ham berish mumkin.


115
4. Dasturxonga tortishda bo‘tqa likopchaga solinib, qoshiq 
bilan «naqsh» qilib pardozlanadi va ustiga sariyog‘, oshko‘klar 
sepiladi.
1. Sabzavotlar qanday usullarda pishiriladi?
2. Sabzavotlarni qaynatib pishirishda nimalarga amal qilinadi?
3. Kartoshka bo‘tqasini tayyorlash uchun qanday asbob va idishlar 
hamda qanday masalliqlar kerak bo‘ladi?
4. Kartoshka bo‘tqasini tayyorlash jarayonini aytib bering.
1.4. TАОMLАR TАYYORLАSH TЕХNОLОGIYASI
 
Tuxum va uning ozuqaviy qiymati, pishirish usullari. 
Dasturxonga tortilish qoidalari
Tuxum juda to‘yimli mahsulot bo‘lib, uning tarkibida oqsil, 
mineral moddalardan kalsiy, fosfor, vitaminlar ko‘p bo‘ladi

Asosan sotuvga tovuq tuxumi chiqariladi. Tovuq tuxumining 
og‘irligi 45–55 g oralig‘ida bo‘ladi.
Tuxum po‘sti ichiga havo va mikroorganizmlar o‘tishi na-
tijasida tez buziladi. Yangi tuxum po‘stlari xira bo‘ladi. Eski 
tuxum po‘stlari esa silliqlanib yaltirab qoladi. Po‘st osti par-
dasi juda pishiq bo‘ladi va tuxum oqligini saqlab turadi. Oqsil 
tuxumning asosiy qismi sanalib juda to‘yimli, organizmda 
to‘liq va yengil hazm bo‘ladi. Tuxumdan taom va boshqa 
mahsulotlar tayyorlashda uning sifati va saqlanish muddati 
muhim ahamiyatga ega. Yangi tuxumlar qaynatib va qovurib 
iste’mol qilish, tortlarga krem va xamirini tayyorlash uchun 
ishlatiladi. Tuxumlardan pishiriqlar tayyorlashda ham foydala-
niladi. Sovuq xonada ko‘proq saqlangan tuxumlar esa xamir 
tayyorlashda, xamir mahsulotlari sirtiga surtishga ishlatiladi. 
Tuxumni ishlatishdan avval, albatta, sirti iliq suvda yuviladi. 


116
Tuxumni qaynatib, qovurib taomlar, salatlar tayyorlash mum-
kin.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling