Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


 Pazandachilikda ishlatiladigan jihozlarning turlarini ayting. 2


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

1. Pazandachilikda ishlatiladigan jihozlarning turlarini ayting.
2. Oshxonada ishlatiladigan idish-tovoqlarning turlarini ayting.
3. Oshxona jihoz va idish-tovoqlaridan foydalanishda qanday sani-
tariya-gigi 
ye 
na va mehnat xavfsizligi qoidalaridan foydalani 
ladi?
4. Oshxona idish-tovoqlari shkaflarda qanday tartibda saqlanadi?
5. Nima uchun turli mahsulotlar alohida belgilangan taxta va pichoq-
larda to‘g‘ralishi kerak?
6. Oshxona kombayni qanday vazifalarni bajaradi?
Amaliy mashg‘ulot.
 
Sabzavotlarni qaynatish qoidalari
Sabzavotlardan tayyorlanadigan taomlar ovqatlanishda mu-
him ahamiyatga ega. Ular organizmda oson va tez hazm 
10-rаsm. Gаz plitаsi.
8 – Mehnat ta’limi, 5-sinf


114
bo‘ladi. Sabzavotli taomlar ovqat hazm qilishda, ichak faoli-
yatini yaxshilashda katta yordam beradi.
Sabzavotlarni qaynatib, qovurib, dimlab pishirish mumkin.
Ularni qaynatib pishirishda quyidagilarga amal qilish zarur:
1. Sabzavotlarni qaynatib taom tayyorlanadigan bo‘lsa, 
ular biroz qay 
nab turgan tuzli suvga solinadi va past olov-
da pishiriladi. Shunda ularning to‘yimliligi, foydali moddalari 
yo‘qolmaydi va vitaminlari parchalanib ketmaydi.
2. Lavlagi va sabzi tuzsiz suvda qaynatiladi, chunki tuzli 
suv ularning ta’mini buzadi.
3. Sabzavotlarni qaynatishda suv ularni 1–1,5 sm ko‘mib 
turishi kerak. Agar suv ko‘proq bo‘lsa, ularning to‘yimli 
moddalari kamayib ketadi.
4. C vitamini yo‘qolishining oldini olish uchun sabzavotni 
usti yopiq idishda qaynatish kerak.
Kartoshka bo‘tqasini tayyorlash
Amaliy mashg‘ulot uchun zarur bo‘lgan asbob va 
idishlar: kartoshkani qaynatish uchun qozoncha, 2 l li 
tog‘oracha, blender yoki kartoshkani ezish moslamasi, likop-
chalar, qoshiq, sanchqi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling