Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

4. Salatni likopchalarga solib, dasturxonga tortiladi (4-
rasm). Qalampirni salat ichiga to‘g‘rash, alohida berish ham 
mumkin.
Karamli salat
Kerakli masalliqlar: 1 bosh karam, 50 g shakar, 50 g 
o‘simlik moyi yoki 50 g smetana, 250 g ko‘k piyoz, 100 g 
yangi olma, 100 g qizil sabzi.
Ishni bajarish tartibi: 1. Yangi karam mayda somoncha 
qilib to‘g‘raladi va tuz qo‘shib aralashtirib ustini yopib 
qo‘yiladi.
2. To‘g‘ralgan karamga yaproqcha usulida to‘g‘ralgan olma, 
mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyoz va mayda somoncha qilib 
to‘g‘ralgan sabzi qo‘shib aralashtiriladi.
3. Tayyorlangan masalliqqa shakar va qizigan yog‘ yoki 
smetana qo‘shib aralashtiriladi (5-rasm).
4-rasm. Pomidor-bodring salati. 5-rasm. Karamli salat.


110
1. O‘zbek milliy pazandachiligining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini 
ayting.
2. O‘zbek milliy pazandachiligida taomlar dasturxonga qanday torti-
ladi?
3. Sabzavotlarni to‘g‘rashda nechta asosiy usullardan foydalaniladi?
4. Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish jarayoni qanday amalga 
oshiriladi?
5. Kartoshka qanday usullarda to‘g‘raladi?
6. Sabzi qanday usullarda to‘g‘raladi?
7. Sabzavotlarni murakkab usullarda to‘g‘rash qachon qo‘llaniladi?
8. To‘g‘ralgan sabzavotlarning sifatiga bo‘lgan talablar qanday?
9. Sabzavotlarni to‘g‘rashda qanday sanitariya-gigiyena qoidalariga 
amal qilinadi?
10. Sabzavotlardan qanday salatlar tayyorlash mumkin?
1.3. PAZANDACHILIKDA ISHLATILADIGAN 
TEXNOLOGIK JIHOZLAR VA ULARDAN FOYDALANISH
Jihоzlаr vа ulаrdаn fоydаlаnish haqida umumiy 
tushunchа
Pazandachilikda uy sharoitida va texnologik jarayonlarda 
ishlatiladigan jihozlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Taom va pazandachilik mahsulotlarni tayyorlashda va 
isitishda ishlatiladigan jihozlar: gaz yoki elektr plita va du-
xovkalari, elektr tovalar, elektr suv qaynatkich, mikroto‘lqinli 
pech, toster va boshqalar.
2. Oziq-ovqat mahsulotlariga mexanik ishlov beradigan ji-
hozlar: go‘shtqiymalagich, sabzavotlarni tozalash va to‘g‘rash 
moslamasi, sharbat siqqich kabilar.
3. Oziq-ovqat mahsulotlariga nomexanik ishlov beradigan 
jihozlar: idish-tovoqlarni saqlaydigan shkaflar, stollar, taxta-


111
kachlar, pichoqlar, bolg‘achalar, idish-tovoqlar va oshxona 
anjomlari. 
4. Dasturxon tuzash uchun zarur bo‘lgan jihozlar: stol-stul-
lar, oshxona servislari va asbob-anjomlari, dasturxon va so-
chiqlar.
Oshxonada ishlatiladigan jihozlar, idish-tovoqlar harorat 
o‘zgarishiga, yuvuvchi moddalarga, dezinfeksiya vositalariga 
chidamli, sirti silliq, tiniq bo‘lishi lozim. Oshxonada ishlatila-
digan nomexanik jihozlarga stollar, idish-tovoqlar, mahsulot-
lar yuvadigan vannalar va boshqalar kiradi. Stollar usti suv 
o‘tkazmaydigan materiallar bilan qoplanadi. 
Idishlar issiq suvga biroz iste’mol sodasi, yuvish vositala-
ri solib, tegishli moslamalar yordamida yuviladi. Bu vositalar 
idishlarni yaxshi tozalaydi. Og‘zi tor idishlarning ichi max-
sus cho‘tkada yuviladi. Ruxlangan choynaklarning ichini esa 
iste’mol sodasi qo‘shilgan suvda qaynatib, so‘ng yuviladi.
Taomlarni tayyorlashda turli o‘lchamdagi qozonlar va tova-
lardan, kastrulka hamda sirlangan tog‘arachalardan foydalani-
ladi. Mahsulotlarga ishlov berish uchun esa maxsus moslama-
lar, asboblardan foydalaniladi. Bunday mos 
la 
malarga turli xil 
taxtakachlar, taxta-o‘qlovi, juva, g‘alvir, elak, ko‘pirtirgich, 
turli kattalikdagi tog‘orachalar, shakldor keskich, shirinlik qo-
liplari kiradi. Hozirgi davrda bunday anjomlarning zamonaviy 
turlaridan ham foydalanilmoq da. Xususan, turli idish-tovoqlar
qasqonlar, kastrulkalar, chovgum, salat idishlari, suv qaynat-
kich, mikrovolnovka, zamonaviy choynak, turli o‘lchamdagi 
pichoqlar, sharbat tayyorlagich shular jumlasiga kiradi. 
Bulardan foydalanish orqali mashg‘ulotlar qiziqarli olib bo-
riladi hamda o‘quvchilarning uy-ro‘zg‘or anjomlari va asbob-
uskunalaridan foydalanish bo‘yicha malakalarini oshiradi. 
Oshxonada mahsulotlarni kesib to‘g‘rashda taxtakachdan 
foydalaniladi. Xom go‘sht kesadigan taxtalar, pichoqlar alo-


112
hida ajratilib belgilab qo‘yiladi, ya’ni «XG» (xom go‘sht 
uchun). Pishgan go‘sht, kolbasa, pishloq, non va hokazolar-
ni kesish uchun ham alohida belgilangan taxta va pichoq-
lar ishlatiladi, ya’ni «XS» (xom sabzavot), «PG» (pishgan 
go‘sht), «PS» (pishgan sabzavot), «N» (non) va boshqa harf-
lar bilan belgilanadi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling