Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Sabzavotli va go‘shtli yaxna taomlar tayyorlash
Kerakli asbob va idishlar: elektr yoki gaz plitasi, 3 l li 
kastrulka yoki qozon, turli kattalikdagi tog‘orachalar, taxta-
kachlar, pichoqlar, maxsus aralashtirgich, likopchalar, salat 
idishlar, qoshiq, sanchqi.


122
Sabzavotli vinegret 
Kerakli masalliqlar: 300 g kartoshka, 200 g qizil lavlagi, 
150 g sabzi, 200 g tuzlangan bodring, 200 g tuzlangan ka-
ram, 200 g ko‘k piyoz, 100 g salat moyi.
Ishni bajarish tartibi: 1. Pishirilgan qizil lavlagi, kartosh-
ka, sabzining po‘stini archib tozalanadi, kub shaklida maydal-
ab to‘g‘raladi.
2. Ko‘k piyoz, bosh piyoz mayda qilib to‘g‘raladi.
3. Tuzlangan bodring va tuzlangan karamni maydalab 
to‘g‘raladi.
4. Lavlagidan boshqa hamma sabzavotlar aralashtiriladi.
5. Salat yog‘i solinib, tuzi rostlanadi.
6. Tayyor bo‘lgan salatga oxirida qizil lavlagi qo‘shib 
aralashtiriladi. Salat ichiga solingan masalliqlardan shakllar 
yasab bezatiladi va dasturxonga tortiladi.
Go‘shtli salat (Olivye) 
Kerakli masalliqlar: 65 g go‘sht, 55 g kartoshka, 40 g tuz- 
langan bodring, 15 g tuxum, 30 g mayonez, 15g ko‘k no‘xat.
Ishning tartibi: 1. Pishirilgan go‘sht, tuxum va kartoshka 
mayda kub shaklida to‘g‘raladi.
2. Tuzlangan bodring mayda kub shaklida to‘g‘raladi.
3. To‘g‘ralgan mahsulotlar aralashtiriladi, tuzi rostlanadi
ko‘k no‘xat qo‘shiladi.
4. Aralashtirilgan mahsulotlar mayonezda qoriladi.
5. Tayyor bo‘lgan salatni maxsus idishlarga solinadi, ustini 
ko‘katlar bilan bezatib dasturxonga tortiladi.
1. Yaxna taomlarning organizm uchun ahamiyati qanday?
2. Tamaddilar deganda nimani tushunasiz?
3. Yaxna taomlarni tayyorlashda qanday sanitariya-gigiyena qoidalari-
ga rioya qilasiz?


123

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling