Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
O‘zbekcha quymoq: 2 dona tuxum, 15 g un, 10 g yog‘,
50 g sut, 2 g tuz. 1. Ozgina ilitilgan sutga tuz, un solib yaxshilab iylanadi, unga tuxumni chaqib aralashtiriladi. 2. Tovaga yog‘ surtilib unga 1 sm qalinlikda tayyorlangan masalliq qoshiq bilan quyiladi va sirti qizargunicha pishiri- ladi. 3. Tayyor quymoq likopchalarga solinib, yuziga eritilgan sariyog‘ quyiladi va dasturxonga tortiladi. 1. Tuxum tuzilishi bo‘yicha qanday qismlardan iborat? 2. Tuxum sifatini qanday bilish mumkin? 3. Tuxumni qaynatish usullari qanday? 4. Tuxumdan yaxlit quymoq tayyorlashni aytib bering. 118 5. Tuxumdan tayyorlanadigan omlet turlari va tayyorlanishini aytib bering. 6. O‘zbekcha quymoq qanday tayyorlanadi? Amaliy mashg‘ulot. Issiq ichimliklarni tayyorlash. Choy va qahva damlash usullari Ovqatlanishda issiq ichimlik sifatida choy, qahva, kakao ichiladi. Choy qadimdan shifobaxsh, tetiklashtiruvchi ichimlik sifatida mashhur bo‘lib kelgan. Choy tarkibida kofein modda- si bo‘lib, u kishi asab tizimiga, yurak faoliyatiga ta’sir etib, organizmni tetiklashtiradi, charchoqni yo‘qotadi. Choyning qora va ko‘k turlari mavjud. Ular tarkibiga kiruvchi modda- lar sovuq suvda erimaydi. Shu sababli choy qanchalik qaynoq suvda damlansa, uning chiqishi shunchalik yaxshi, hidi o‘tkir bo‘ladi. Agar choyni choynakka bir yo‘la to‘ldirib sovuq suv quyib damlansa, quruq choy tarkibidagi moddalarning faqat 10–15% erib suvga o‘tadi va choy yaxshi chiqmaydi. Damlangan choyni +70 0 C dan sovitmay, piyolalarga yoki stakanlarga quyib, dasturxonga tortiladi. Choy bilan birga odatda qand, murabbo, asal, sut, limon beriladi. Bulardan tashqari, qandolat mahsulotlari, pirojniy, tort, peche niylar ham qo‘yish mumkin. O‘zbeklar ham boshqa xalqlar singari choyni yaxshi ko‘radi. Issiq choy yilning hamma fasllarida ham ko‘ngilga tegmaydi. O‘zbek dasturxonida ertalabki nonushtaga ko‘pincha oq choy, shirchoy ham tayyorlanadi. Qahva tropik mamlakatlarda o‘sadigan qahva daraxti me- vasidan olinadi. Qahva o‘tkir ichimlik bo‘lib, kishining asab va yurak faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Qahva tarkibida kofein moddasidan tashqari oqsil, uglevodlar, mineral tuzlar, xushbo‘y hid beruvchi moddalar mavjud. Ular savdoga butun don ko‘rinishida, yanchilgan va tez eriydigan kukun holida 119 chiqariladi. Qahva ichimligini tayyorlash uchun maxsus qah- va qaynatkichlardan foydalaniladi. Dasturxonga tortishda ham maxsus idishlar to‘plamidan foydalaniladi. Qahvani damlash- ning va dasturxonga tortishning bir necha usullari bor. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling