Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Sutda qaynatilgan qahvani tayyorlash tartibi
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kakao tayyorlash tartibi
Sutda qaynatilgan qahvani tayyorlash tartibi. Kerakli
masalliq lar: 6 g yanchilgan qahva, 25 g shakar, 75 g sut. 1. Kichikroq kastrulkada quyuqroq qora qahva tayyorlanadi. 2. Sutni qaynatiladi, so‘ngra shakar va qora qahvani qo‘shib, yana qaynagu n icha isitiladi. 3. Tayyor bo‘lgan qahva stakan yoki finjonlarda das turxonga tortiladi. Kakao tayyorlash tartibi. Kerakli masalliqlar: 6 g kakao kukuni, 25 g shakar, 130 ml sut. 1. Kakao kukuni bilan shakarni qo‘shib aralashtiriladi. 2. Bu massaga ozgina qaynoq sut quyib, yaxshilab aralashti- riladi. 3. So‘ngra qolgan sut quyilib qaynagunicha isitiladi. 4. Tayyor kakaoni stakan yoki finjon (chashka)larga quyib, dasturxonga tortiladi. 1. Issiq ichimliklarning qanday turlari mavjud? 2. Choyning organizm uchun ahamiyati qanday? 3. Choyni damlash tartibini aytib bering. 4. Oq choyni damlash tartibini aytib bering. 121 5. Shirchoyni tayyorlash uchun nimalar kerak bo‘ladi? 6. Qahvani damlash usullari qanday? 7. Sutli qahva qanday damlanadi? 8. Kakaoni tayyorlashda nimalarga e’tibor berish kerak? Amaliy mashg‘ulot. S abzavotlardan yaxna taomlar tayyorlash Yaxna taom va tamaddilar ham ovqatning yengil turidir. Ular, asosan, yangi sabzavotlardan tayyorlanishi sababli vita- minlarga, mineral tuzlarga, organik kislotalarga boy bo‘ladi. Yaxna taomlar ishtahani ochishda, ovqat hazm qilishda, ichak faoliyatini yaxshilashda ahamiyati katta. Yaxna taomlar tashqi ko‘rinishi, bezatilishi, ta’mi, turli rangda va shaklda bo‘lishi bilan boshqa taomlardan ajralib turadi. Tamaddilar yaxna va issiq bo‘lishi mumkin. Umuman tarkibi faqat asosiy masal- liqdan iborat bo‘lib, garnir bilan yoki garnirsiz tortiladigan taomlar yaxna tamaddilar, deb ataladi. Yaxna taom va tamaddilarni dasturxonga tortishda yuzasi ko‘katlar, salat bargi yoki boshqa sabzavotlar bilan chiroyli shakllar yasab bezatiladi. Yaxna taom va tamaddilar likop- chalarda, chinni va boshqa maxsus salat idishlarida dastur- xonga tortiladi. Yaxna taomlar tayyorlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish zarur, chunki ularni dasturxonga tortishdan oldin issiqlik ishlovi berilmaydi. Yaxna taomlarni dasturxon- ga tortishda harorati 10 –12° bo‘lishi kerak. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling