Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Pazandachilik xonasini jihozlashda nimalarga e’tibor berish ke rak? 2
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
1. Pazandachilik xonasini jihozlashda nimalarga e’tibor berish ke rak?
2. Pazandachilik o‘quv xonasida qanday texnika xavfsizligi qoidalari- ga amal qilinadi? 3. Xonadagi sanitariya-gigiyena qoidalarini izohlab bering. 4. Pazandachilik o‘quv xonasida qanday tartib-qoidalarga rioya qi- linadi? 5. Kishilarning normal o‘sishi va rivojlanishi uchun qanday oziq moddalar kerak bo‘ladi? 6. Oziq-ovqat mahsulotlari qanday guruhlarga bo‘linadi? 1.2. АSBОB-USKUNАLАR, MОSLАMАLАR VА ULАRDАN FОYDАLАNISH O‘zbek milliy oshxonasining o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi O‘zbek pazandachiligining o‘ziga xosligi – tansiq taom- larning lazzatli bo‘lishi ikki omilga tegishli. Birinchi omil 104 masalliqlarning yangi, sifatli, navlari yuqori bo‘lishi, ikkinchi omil taomning tashqi ko‘rinishi, xushbo‘y hidi, ajoyib mazasi kabi sifatlarni ro‘yobga chiqarishdir. Bu esa pazandaning ma- horatiga bog‘liq (2-rasm). O‘zbek taomlarini tayyorlashda xalq ko‘p iste’mol qiladi- gan go‘sht, un, guruch, mosh, no‘xat, loviya, sabzavot va ko‘katlardan foydalaniladi. O‘zbek milliy pazandachiligida go‘shtli taomlar tayyorlash alohida o‘rin tutadi. Qo‘y, mol, ot, parranda go‘shtlaridan tur- li xil lazzatli taomlar tayyorlanadi. Shuningdek, O‘zbekiston aholisi sut va sut mahsulotlarini keng miqyosda iste’mol qila- di. O‘zbekiston sabzavot va mevalarga boy o‘lka hisoblanadi. Bu turfa mevalar va sabzavotlar o‘zbek dasturxonida munosib o‘rin egallagan. Ichimliklardan, asosan, qora va ko‘k choylar iste’mol qi- linadi. Choyga o‘zbek dasturxonida qand, parvarda, pashmak, novvot, asal, holva kabi qandolat mevalari tortiladi. Taom tayyorlashda milliy pazandachiligimizda o‘ziga xos ziravorlar, dorivorlardan, ko‘katlardan foydalaniladi. Bundan tashqari, taom sifati va tashqi ko‘rinishiga ham katta ahami- yat beriladi. O‘zbek taomlari tagi yarim sharsimon qozonlarda pishirila- di. Bunda masalliqlarni kovlab qovurish qulay, ovqat tagi- ga olmaydi, qozon-o‘choqqa yoki gaz plitasiga ham yaxshi o‘rnashadi. O‘zbek pazandachilik san’ati ham boshqa sohalar kabi hech 2-rasm. O‘zbek milliy dasturxoni. 105 qachon xolis taraqqiy eta olmaydi. O‘zbekistonda yashayot- gan turli millatlar va qo‘shni mamlakatlar xalqlarining bir- biriga ta’ siri davom etib kelaveradi. Masalan, o‘zbek taom- nomasiga qarasak, unda yevropacha, kav kazcha, tatarcha, uyg‘urcha, qozoqcha, tojikcha va boshqa ko‘plab taomlar- ning xillari qo‘shilib borayotganini ko‘ramiz. O‘z navbatida, bizning palovlarimiz, xamir taomlarimiz, suyuq taomlarimiz boshqa xalqlarning dasturxonini bezab turibdi. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling