100
3. Go‘sht qiymalagichda ishlashda unga mahsulotni maxsus
moslama bilan surish lozim.
4. Pichoqni boshqa kishiga sop tomoni bilan uzatish kerak.
5. Kastrulka yoki qozonda suyuqlik
qaynatishda suyuqlikni
to‘ldirib solish mumkin emas.
6. Suyuqlik qaynab turgan idishning qopqog‘ini o‘zidan
teskari tomonga qaratib ochish kerak.
7. Tovadagi qizigan yog‘ga mahsulotni sekin-asta, tovaning
bir chetidan solish lozim.
8. Qaynayotgan suyuqlikka turli
mahsulotlarni sachratmas-
dan ehtiyotkorlik bilan solishni unutmang.
9. Issiq qozon, tova, idish-tovoqlarni maxsus qo‘lqop yoki
moslama bilan ushlash kerak.
10. Oshxonada tagi qiyshiq,
bandlari singan, cheti uchgan,
siri ko‘chgan idish-tovoqlarni ishlatmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: