Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


 Vkluchatel, elektr patron, shtepsel vilkasini o‘rganib chiqing, ular  qanday qismlardan tashkil topganligini aytib bering. 6


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

5. Vkluchatel, elektr patron, shtepsel vilkasini o‘rganib chiqing, ular 
qanday qismlardan tashkil topganligini aytib bering.
6. Nima uchun maishiy elektr qurilmalari, asosan, plastmassadan tay-
yorlanadi?
7. Elektr xavfsizlik texnikasi qoidalarini tushuntirib bering.
Elektr qurilmalari tuzilishi bilan tanishish.
Ishni bajarish tartibi
1. 75-rasmni diqqat bilan o‘rganib chiqing va quyidagilarni bajaring:
a) vintlarini bo‘shatib, osma kalit qopqog‘ini oching; 
b) kontakt mexanizmi qurilmasini ko‘rib chiqing, ularning ulanish 
joylarini o‘rganing;
d) kalit richagi harakatlanganda kontakt kashagi holati o‘zgarishini 
ku zating;
e) o‘chirish va yoqish holatini aniqlang;
f) qopqog‘ini yoping va qotirish vintlarini mahkamlang.
2. 77-rasmdan foydalanib quyidagilarni bajaring:
a) elektr patron qopqog‘ini oching va chinni o‘zakni oling;
b) o‘zak tuzilishini o‘rganib chiqing, tayanch va yon tomondagi kon-
taktlarni, kontakt vintlarini toping;
d) simlarni ulash joylarini toping;
e) patron o‘zagini qopqoqdagi o‘rniga moslab qo‘ying;
f) patron qopqog‘ini burab yoping. 


95
4-bob. UY-RO‘ZG‘OR BUYUMLARINI TA’MIRLASH
Pol qoplamalari hamda mebellarning loklangan va 
qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik 
ta’mirlash ishlari
Pol qoplamalari hamda mebellarni ishlab chiqaruvchi-
lar tomonidan berilgan tavsiyalarga rioya etgan holda joriy 
ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazib borish lozim. 
Mebellarni isitish asboblari yaqiniga o‘rnatish tavsiya etil-
maydi. Shuningdek, quyosh nurlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri 
tushishi ham mebel uchun xavfli hisoblanadi, chunki, u had-
dan tashqari qiziganida qurib, o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi. 
Xonada namlikni me’yorida bo‘lishini ta’minlash uchun man-
zarali gullar, akvarium kabi namlik manbalari bo‘lishi tavsiya 
etiladi. 
Plastik bilan qoplangan mebelni zarurat bo‘lishiga qa-
rab nam salfetka bilan artib turish yetarli bo‘ladi. Bu ish-
ning yakunida mebel quruq salfetka bilan artilsa, namlikning 
mebeldagi tirqishlari va himoyalangan ulanish joylariga 
tushishining oldi olinadi. 
Shuningdek, yog‘och yuzalarga ishlov berish uchun 
mo‘ljallangan maxsus kimyoviy vositalar – polirollardan foy-
dalanish mumkin. Faqat oshxonada ulardan foydalanishda 
oziq-ovqat mahsulotlariga tegishidan ehtiyot bo‘lish kerak. 
Shpon va faneradan tayyorlangan yuzalarni changdan 
muntazam tozalab borish tavsiya etiladi, bu ularning xizmat 
muddatini uzaytirishga xizmat qiladi.
Mebellarda yuzaga keladigan mayda nosozliklarni ustaga 
murojaat qilmasdan, o‘zingiz ham vaqtida bartaraf etib 


96
bori 
shingiz mumkin. Buning uchun xonadoningizda maxsus 
asboblar bo‘lishi kerak. Misol uchun shkaf va tumbalar eshik-
lari qiyshayib qolganida ularni polga nisbatan gorizontal holat-
ga keltirish lozim. Buning uchun mebel oyog‘i tagiga karton 
yoki platsmassa tagliklar qo‘yish mumkin. Agar shkaf tagi 
egilib qolsa, tagidan yog‘och tirgak bilan mustahkamlanadi.
Mebelning eshik va boshqa qismlaridagi oshiq-moshiq de-
tallari nuqsonsiz ishlashi uning xizmat muddatini uzaytirishga 
xizmat qiladi. Undagi vint va boltlarni vaqtida maxsus asbob-
lar yordamida burab, mustahkamlab turish lozim. 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling