Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Morpech iskana – o‘yilgan naqshlarning chetlaridagi hoshi-
ya, zanjiri, yarim doiralar, nuqtalar chiqarishda qo‘llaniladi.
Chekma iskana – o‘yilgan naqshning zaminini chakichlab 
chiqish uchun ishlatiladigan asbob. U o‘yilgan naqshlarning 
aniq ko‘rinishi, zaminini bir tekisda chiqishi va o‘ziga xos 
badiiy ko‘rinishi uchun qo‘llaniladi. Ishlatish joyiga qarab bir 
tishli, uch tishli, besh tishli, o‘n olti tishli chekma iskanalar 
bo‘ladi.


89
Kurakcha iskana – kesadigan tig‘ining uchi bir tomon-
ga qiya holatda bo‘lib, u kurakcha ko‘rinishida yasa-ladi. 
O‘lchamining katta-kichikligiga ko‘ra, kichik va katta kurak-
cha iskanalar bo‘ladi. Iskanalar ensiz zanjir va hoshiya naqsh-
larni o‘yishda ishlatiladi. O‘yuvchi bu asbob bilan iskanani 
o‘ng qo‘lida dastasidan ushlab, tasvir yoki naqsh chizig‘ini 
ustidan kerakli chuqurlikda sanchgan holda o‘zi tomon kesib 
boradi.
Chekma qalam – yog‘och zaminini patir yuzasiga o‘xshatib 
chekmalab o‘yib chiqishda ishlatiladigan asbob. Bu asbob 
gurzi, yog‘och banddan va uzun temir sterjendan iborat. 
Chakichlar bir qatorli va uch qatorli bo‘ladi. Asbob 1, 2, 3, 
4 va hokazo bo‘rtma tishli bo‘lishi mumkin. Chakichlangan 
naqsh aniq, mayin, yanada boy, nafis ko‘rinishga ega bo‘ladi. 
Yog‘och o‘ymakorligida chakichlash juda qadimdan rivoj-
lanib kelgan. Ganch o‘ymakorligida chakichlash uslubi o‘ziga 
xosdi r. 
69-rasm.Yog‘och o‘ymakorligi asboblari.


90
3-bob. ELEKTROTEXNIKA ISHLARI
Elektr montaj ishlarida ish o‘rnini tashkil qilish. 
Elektr o‘tkazish simlarining turlari. Elektr 
asboblari va ular bilan ishlash usullari
Elektrotexnika ishlari izolatsiya bilan qoplangan gorizontal 
qopqoqli stolda bajariladi. Elektr montaj asboblari o‘quvchining 
o‘ng tomoniga, materiallar chap tomonga joylashtiriladi, bun-
da ko‘proq ishlatiladigan asboblar yaqinroq qo‘yiladi. 
Elektrotexnika ishlarini bajarishda siz turli materiallar (sim, 
shnur, izolatsiya materiallari, naychalar) va ish asboblari (ot-
vyortka, pichoq, o‘tkir jag‘li ombur)dan foydalanasiz. 
Elektr montaj simlari mis yoki aluminiydan yasaladi. Montaj 
qilish uchun izolatsiya bilan qoplangan simlardan foydalani-
ladi (70-rasm). 
Elektr shnuri maishiy elektr asboblarini elektr tarmog‘iga 
ulashga mo‘ljallangan ingichka, izolatsiyalangan sim bo‘lib, 
u umumiy qobiqqa o‘ralgan bir yoki ikkita tok o‘tkazuvchi 
simchalardan yasalgan. 
70-rasm. Simlar (a) va shnurlar (b).
Izolatsiya qobig‘i
Izolatsiya qobig‘i
Mis simlar
Mis simlar
Rezina 
izolatsiya
a
b
b
a
71-rasm. Izolatsiya 
lentasi (a) va 
naychasi (b).


91
Izolatsiya lentasi va naycha o‘zaro ulanadigan elektr o‘tkaz-
gichlarni izolatsiyalash uchun mo‘ljallangan (71-rasm).
O‘tkir jag‘li ombur simlarni kesishda qo‘llaniladi. 
Omburning ishchi qismi o‘tkir kesuvchi qismga ega. Yumaloq 
va yassi jag‘li omburlar simlarni bukish va burashda ishlati-
ladi. Ularning tutqichlari izolatsiya materiali bilan qoplangan 
(72-rasm).
Montaj pichog‘i simlardagi izolatsiyani ochishga mo‘ljal-
langan. Otvyortka birikmalarni ulashda ishlatiladi. Ularning 
tutqichlari plastmassa yoki yog‘ochdan yasaladi. 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling