Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

saralash
 

 
yuvish
 

 
archish
 

 
qayta yuvish
 

 
to‘g‘rash.
Saralash. Sabzavotlardan unumli va tejamkorlik bilan foy-
dalanish maqsadida har bir taom uchun sifatiga, katta-kichik-
ligiga, me’yoriga ko‘ra saralanadi.
Yuvish. Sabzavotlar ishlatishdan avval sirtidagi tuproqlar-
dan, qumlardan yuvib tozalanadi. 
Archish. Sabzavotlar ustki po‘stloqlaridan maxsus yoki od-
diy pichoqlarda va qirg‘ichda archib tozalanadi.
Qayta yuvish. Sabzavotlar ustki po‘stlog‘idan tozalangan-
dan so‘ng oqib turgan sovuq suvda yuviladi.
Sabzavotlarni to‘g‘rash usullari. Sabzavotlarni asosiy va 
mu rakkab usullarda to‘g‘rash mumkin. Ularni to‘g‘rash uchun 
oddiy, maxsus pichoqlardan va moslamalardan foydalaniladi. 
Sabzavotlarni tayyorlanadigan taomga moslab, asosan, te-
gishli shakllarda to‘g‘rash mumkin (1-jadval). Asosiy usullar 
sabzavotlardan taomlar va salatlar tayyorlashda qo‘llaniladi. 
Murakkab usullar sabzavotlardan turli xil bezaklar tayyorlash 
uchun ishlatiladi.


107
1-jadval
Sabzavotlarni to‘g‘rash usullari
To‘g‘rash shakli
Sabzavotlar 
Pazandachilikda ishlatilishi
Somoncha
Sabzi
Lavlagi
Kartoshka
Karam 
Palov va salatlar uchun, 
ko‘p yog‘da qovurish, kotlet va 
bifshteks garnirlari uchun,
lag‘mon, borsh uchun
Uzunchoq to‘rtburchak
Kartoshka
Ko‘p yog‘da qovurish, bifshteks 
garnirlari va sabzavotli 
sho‘rvalar uchun
Kubchalar 
Kartoshka
Sabzi
Mastava, moshxo‘rda, lag‘mon 
va boshqa suyuq taomlar hamda 
salatlar uchun
Parraklash 
Kartoshka
Sabzi
Qovurish, sho‘rvalar 
va garnirlar uchun
Yaproqlash 
Sabzi
Kartoshka
Lavlagi 
Turli xil salatlar,
taomlar garnirlari uchun


108

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling