Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
«Dasta bet» birikmalar hosil qilishni o‘rganish. Ishni bajarish tartibi
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Duradgorlik buyumlarining sirtini pardozlash va detallarni konstruksiyalash. Buyumlar yuzasiga qoplamalar yopishtirish
«Dasta bet» birikmalar hosil qilishni o‘rganish.
Ishni bajarish tartibi «Dasta bet» duradgorlik birikmasini hosil qilish quyidagi texnologik karta asosida olib boriladi. № Ishning ketma- ketligi Ish eskizi Asboblar Moslamalar O‘lchov Ish Birikmaga mos yog‘och tanlanadi va berilgan o‘lchamlarga keltirib randalanadi hamda qirqiladi. Shundan so‘ng quyidagi ketma-ketlikda ishlar bajariladi Kertmak- larni rejalash (2 ta) Lineyka, go‘niya, qalam, xatkash Rejalash stoli yoki dastgoh Kertmak- larni hosil qilish Tiluvchi va qirquvchi arra, yo‘nuvchi iskana Dastgoh Birikma hosil qilish Mix, bolg‘a, burama mix, otvyortka Dastgoh Jihozlar: Arra, randa, egov, jilvir qog‘oz, o‘lchov va rejalash asboblari. 1 2 3 4 80 Duradgorlik buyumlarining sirtini pardozlash va detallarni konstruksiyalash. Buyumlar yuzasiga qoplamalar yopishtirish G‘o‘la yog‘ochdan yupqa qatlam shaklida shilib olingan yupqa list materiallar shpon deb ataladi. Ularning qalin- ligi 0,3 mm va undan ortiq bo‘ladi. Shponlarni ustma-ust, tolalarini o‘zaro perpendikular holda yopishtirishdan hosil bo‘lgan qatlam faner deyiladi. Tayyorlash usuliga ko‘ra shi- lingan, randalangan, yo‘nilgan va yelimlangan fanerlar bo‘ladi. Randalangan faner eman, chinor, yong‘oq, zarang, shumtol, qarag‘ay g‘o‘lalaridan tayyorlanadi. Bunday fanerlar xunuk teks turali yumshoq yog‘ochlardan yoki qayindan yasal- gan va DSP, ya’ni yog‘och qipiqlardan presslab tayyorlangan buyumlar yuzasini qoplash uchun (pardoz sifatida) ishlatiladi. Ularning qalinligi 0,8–1,5 mm, eni 80 va bo‘yi 1000 mm bo‘ladi. Umuman faner listlarning o‘lchamlari turiga, ishla- nish usuliga va sortiga qarab har xil, masalan, eni 1525 mm, bo‘yi 1830 va qalinligi 12 mm gacha bo‘ladi. Yelimlangan faner bir-biriga yelimlab yopishtirilgan 3 tadan 15 tagacha toq sonli shponlardan iborat bo‘lib, oqsilli ye- lim bilan yopishtiriladi. Fanerlarning o‘zi esa buyumga BF markali, albumin, kazeinli yelimlar bilan yopishtiriladi. Fanerlar markalariga ko‘ra FK va FBA fanerlarga bo‘linadi. Faner ikki tomoni bir xil mustahkam material bo‘lib, taxta- larga qaraganda kamroq tob tashlaydi, yelimlab yopishtiril- ganda yoki shpilkalar bilan tortib mahkamlanganda tob tash- langan joylari to‘g‘rilanadi. U ortiqcha yorilmaydi, mavjud yoriqlari orqa tomoniga o‘tmaydi. Faner qa yishqoqligi uchun oson egiladi va tashishga ham qulay. Ana shu jihatlari bilan u yog‘och taxtalardan afzaldir. Pardozlash ishning so‘nggi jarayoni bo‘lib, unda alohida detallar yoki umuman buyumning sirti chiroyli qilinadi, nam- 81 likka chidamliligi oshiriladi, hasharotlardan saqlash uchun unga tegishli as boblar yordamida ishlov beriladi. Yog‘och nam havo ta’sirida tez ishdan chiqadi. Shuningdek, unga chang, shamol va hasharotlar ham yomon ta’sir ko‘rsatadi. Namiqqan yog‘och quriganidan so‘ng qiyshayadi, yoriladi, uning yoriqlariga chang to‘planadi. Natijada, buyum ifloslanadi va tez buziladi. Bo‘yalgan va loklangan buyum- larning ko‘rinishi chiroyli bo‘ladi, ularni toza saqlash oson- lashadi. Bunday buyumlar noqulay sharoitda ham kamroq zarar lanadi. Pardozlashning sirtlarni jilvirlab ishlov berish, sirtlarni guldor qi lish, kuydirish, ranglar surtish, loklash va bo‘yash kabi turlari bor. Sirtlarni pardozlashdan oldin jilvir bilan ishqalab to‘g‘ri chiziqli ligini yaxshilash va tozalash kerak. O‘tkir qirralarni hamda burchaklarini egovlash va shundan keyin jilvir bilan ishlov berish lozim. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling