Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
X BOB. MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA 
 
1.Ma’naviy qadriyatlar – tarbiyaning omili
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o‘rtaga tashlagan eng 
dolzarb muammolardan biri- ma’naviyat masalasi edi. Chunki, har 
qanday jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy madaniy taraqqiyoti bevosita 
uning ma’naviy-axloqiy negizlarining rivojlanishi bilan chambar-
chas bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 
I.A.Karimov qayd qilganidek, bu negizlar:

 
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

 
xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivoj-
lantirish;

 
insonni o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;

 
vatanparvarlikdan iboratdir. 
Mazkur ma’naviy axloqiy negizlar zaminida umuminsoniy va 
milliy qadriyatlar mushtarakligiga respublikamizning barcha 
fuqarolarining ma’naviy madaniyatini shakllantirishiga erishish
yotadi. Bir so‘z bilan aytganda shaxs tafakkurini o‘stirmasdan,
uning ma’naviy dunyosini boyitmasdan turib, ijtimoiy, iqtisodiy
madaniy jabhalaridagi vazifalarni bajarish, milliy istiqlol mafku-
rasini to‘la-to‘kis yaratish mumkin emas.
Avvalombor ma’naviyatning o‘zi nima-yu, ma’naviy qadriyat-
larning axloq-odob bilan mushtarakligi bugungi tarbiyamizda qan-
day o‘rin egallash masalasiga to‘xtalib o‘tmoqni o‘rinli deb o‘ylay-
miz. Zeroki, ma’naviyatsizlik har qanday jamiyatning tanazzulga 
olib borishi shak-shubhasizdir. Insonning ma'naviyati uning odobi, 
xulqi, madaniyatidan tashkil topadi. Ma'naviyat esa aqliy, axloqiy, 
huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. 
Ma’naviyat inson uchun moddiy ehtiyoj emas, siyosiy zaruriyat 
ham emas. Ma’naviyat insonning o‘z mohiyati oldidagi mas’ulligidir.
Shu o‘rinda Yurtboshimiz I.A.Karimov ma’naviyat tushun-
chasini quyidagicha izohlaydi.


234 
Ma’naviyat – insonni ruhan poklanishi, qalban ulg‘ayishga 
chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon–
e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, 
uning barcha qarashlarining mezonidir”
1
.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling