Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Madaniyat – arabcha so‘z bo‘lib, u jamiyatning ishlab 
chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy hayotda qo‘lga kiritgan yutuqlari 
majmuidir. Demak, madaniyat- insoniyat faoliyati mahsuli natijasi 
sifatida, insonlarning moddiy va ma’naviy faoliyatlari jarayonida 
vujudga keladi.
Madaniyat - jamiyat va unda yashovchi fuqarolarning faoliyati 
jarayonida to‘plangan barcha ijobiy yutuqlar majmuasi. 
Madaniyat shaxs kamolotiga moddiy (texnika ishlab chiqarish 
tajribasi, moddiy boyliklar) va ma’naviy (fan, adabiyot, san’at, 
maorif, din, umuminsoniy va milliy ma’naviy ruhiy qadriyatlar) 
jihatdan ta’sir etadi. Moddiy va ma’naviy madaniyatning o‘zaro 
aloqasi va o‘zaro ta’siri natijasida aqlan yetuk yaxlit shakllangan 
shaxs tarkib topadi.
Ma’naviy madaniyatning negizi hisoblangan umuminsoniy va 
milliy qadriyatlar shaxslar ijtimoiy tuzumiga munosabati, turli 
ma’rifiy ma’naviy g‘oyalar, tushunchalar, qarashlar, tasavvurlar 
tizimining mahsulidir. Ma’naviy madaniyatning mohiyatini
namoyon etuvchi obyekt shaxs hisoblanadi. 


237 
Shuningdek, asrlar davomida jamiyatning moddiy va ma’na-
viy rivojlanishiga diniy ta’limot tarbiya vositasi bo‘lib kelayotgan 
diniy ma’naviy qadriyatlar ham ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganligi sir 
emas.
Jumladan, islom diniga qadar mavjud bo‘lgan va islom tomo-
nidan to‘ldirilgan, rivojlantirilgan axloqiy ma’naviy an’analar 
yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Zeroki, Qur’oni Karimda bayon etilgan quyidagi axloqiy va 
ma’naviy mezonlar bugungi kunning tarbiyasi uchun ham ayni 
haqiqatdir: o‘zaro muloqot uchrashish, xayrlashish va hamkorlik 
faoliyatidagi odob-axloq talablari; mehmon kutish, mehmonga 
borish, katta va kichikka bo‘lgan munosabat, ota-onaga bo‘lgan 
hurmat, oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari masalalarining 
o‘ziga xos odobi; bayram, tantana, marosim va an’analarda ishtirok 
etishning tartibotlari haqidagi da’vat va boshqalar.
Qur’onda keltirilib, keyinchalik Sharq xalqlarining milliy –
ma’naviy qadriyatlariga aylangan yuzlab qadriyatlar va odob-axloq 
mezonlarini keltirish mumkin. Lekin biz yuqorida keltirilgan 
salomlashish odatini izohlash bilan kifoyalanamiz.
Sharq xalqlarining salomlashish odatlarining negizida: shu 
xalqning ruhiy xususiyatlari, o‘zaro munosabatlarining ma’naviy 
asoslari, bo‘lajak muloqotning xarakteri, o‘zaro hamkorligi yotadi. 
Qur’oni karimda bu odat qat’iy majburiy burch tarzida belgilab 
qo‘yilgan: “Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn 
so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaganingizcha 
kirmangiz. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. Shoyad ushbu 
eslatmadan ibrat olsangiz”. Muqaddas meroslarimizdan biri 
Qur’ondan keyingi muqaddas diniy-axloqiy manba hadislardir. 
Hadislarning asosiy mohiyati “savob” va “gunoh” tarzida 
insonlarning fazilat va salbiy xususiyatlarini sharhlash, da’vat etish 
va ishontirish orqali beriladi.
Hadislarda “savob”ning mohiyatini beruvchi fazilatlar: Ota-
ona, keksalarga hurmat, ilmli bo‘lish, hamkorlik, do‘stlik, insonpar-
varlik, ayollarni qadrlash, sahovat, rostgo‘ylik, iffat, nonni e’zoz-
lash, diyonat, rahm-shafqat, e’tiqod, mehmondo‘stlik, mehr-oqibat, 
xayr-ehson,tozalik, pokizalik, bilimdonlik, vazminlik, tadbirkorlik, 


238 
halollik, sabr-qanoat, ishonch, himmat, bardoshlilik, xushxulqlilik, 
muloyimlik, latiflik, marhamat, to‘g‘rilik, shukur, vafo, saxiylik, 
sadoqat, sabotlilik, kamtarlik, viqorlilik, salohiyat, hayo, tejamkor-
lik, sir saqlash va shu kabilar jamiyat ma’naviy taraqqiyotini 
belgilovchi axloqiy ma’naviy omillar tarzida namoyon bo‘ladi.
Musulmon ma’naviy olamida iymon talablariga zid noaxloqiy 
xususiyatlar keskin qoralanadi va huquqiy qonunlar bilan man 
etiladi. Hadislarda taqiqlangan bunday salbiy xususiyatlarni ba’zan 
“gunoh” ham deb yuritiladi. Bunday salbiy xususiyatlar jumlasiga: 
o‘g‘rilik, zino, hayosizlik, munofiqlik, yolg‘on so‘zlash, bevafolik, 
kek saqlash, nopoklik, riyokorlik, xusumat, nohaqlik, hasad, 
nodonlik, qotillik, fitna, yolg‘onchilik, g‘iybat, ochko‘zlik, tama-
girlik, isrofgarchilik, itoatsizlik, bid’at, xurofot, chaqimchilik, kibr, 
gina, adovat, hiyonat, baxillik, zulm, maqtanchoqlik, ikkiyuzla-
machilik, takabburlik, manmanlik, shuhratparastlik, shoshqaloqlik 
va boshqalar kiradi.
Sharq mutafakkirlari dunyoviy bilim bilan bir qatorda diniy 
bilimni o‘zlari egallagan holda, umuminsoniy qadriyat tarzida har 
bir insonda uning mazmun va mohiyatidan voqif bo‘lish kerak, ilm 
olib aqliy kamol topish kishining yoshligidan va umrining 
oxirigacha davom etmog‘i lozim degan g‘oyani ilgari suradilar. 
Barcha guruhdagi ma’naviy qadriyatlarning mohiyatida eng oliy 
tuyg‘u- insonparvarlik yotadi. Insonparvarlik qadriyati mazmunida 
musibatli kishiga hamdard bo‘lish, keksalarga, muhtojlarga, 
ayolmandlarga yordam berish, hojatbarorlik qilish, andishalik, 
vazminlik, samimiylik, kamtarlik kabi yuksak fazilatlar yotadi.
A.Navoiy nazdida ta’ma aralashgan yaxshilik, hikmat, himmat 
insonning ma’naviy hissiyotiga salbiy ta’sir etuvchi holatdir. 
Ta’masiz yaxshilik qilish, bu – saxiylikdir. Odamgarchilikning eng 
yuksak belgisi saxiylik va himmatdir. Demak, insonparvarlik 
qadriyatining mohiyatida samimiy hojatbarorlik tushunchasi 
yotadi. Yuksak insoniylikning o‘lchovi burch va vijdon 
hisoblanadi. Shu boisdan sharq mutafakkirlari vijdon pokligi, oila, 
ota-ona, ustoz, xalq, farzand burchi haqida olg‘a surilgan g‘oya-
larning asosini insonparvarlik tashkil etadi.
Mehnat avvalo insonning moddiy ehtiyojini qondirish, qolaversa 


239 
ma’naviy ongini shakllantirishning muhim omili hisoblanadi. 
Mehnatsevarlik qadriyatining mohiyatini aqliy va jismoniy ijodiy 
munosabat ongli va halol mehnat qilib, jamiyatning moddiy va 
ma’naviy rivojlanishiga ta’sir etish, mehnat natijalaridan rohatlana 
bilish, o‘zgalar manfaati uchun mas’uliyatni his etish kabi 
tushunchalar yotadi.
Yu.X.Xojib mehnat jaryonida shoshmasdan ishlash, sabrli va 
ehtiyotli bo‘lish kerak deb ta’kidlaydi.
Sharq mutafakkirlari didaktik xarakterdagi ilmiy asarlarida ma’-
naviy madaniyatni shakllantirishning shakl, usul va vositalarini 
umumlashtirilgan holda bayon etdilar. Chunki o‘rta asr pedagogik 
fikrlar nazariyasi va amaliyoti tarbiyaning insoniy shakl va usullariga 
tayangan. Ta’lim-tarbiya berishning vositasi esa amaliyot bo‘lib hi-
soblangan edi. Bu qoida ayniqsa Ibn Sinoning tibbiy risolalarida, 
“Donishnoma” asarida, Kaykovusning “Qobusnoma”, Yu.X.Xojib-
ning “Qutadg‘u bilig”, Sa’diyning “Guliston”, “Bo‘ston”, A.Navoiy-
ning “Hayrat-ul abror”, “Mahbub ul-qulub” asarlariga bevosita 
taaluqlidir.
Bir so‘z bilan aytganda, mutafakkir olimlar yuksak ma’naviy 
qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar doirasida talqin etdilar va 
targ‘ib qildilar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida 
ma’naviy omillarni yuksak baholadilar.
Xulosa qilib aytganda, yosh avlodni umuminsoniy va milliy qad-
riyatlar ruhida tarbiyalash zamon talabi bo‘lib kelmoqda.
Buning 
uchun esa ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida jumladan umumiy 
ta’lim maktablarida xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, ti-
liga, diniga, ruhiyatiga asoslanib kelajakka ishonch, mehr-oqibat, in-
sof, sabr-qanoat, adolat, ma’rifat, insonparvarlik, iymon, e’tiqod, 
mehnatsevarlik tuyg‘ularini har bir yosh ongiga singdirish talab 
etiladi.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling