Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Sharqona tarbiyaning o‘ziga xos ko‘rsatkichlari
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
4. Sharqona tarbiyaning o‘ziga xos ko‘rsatkichlari
Davlatimiz sobit qadamlar bilan o‘z taraqqiyot yo‘lidan bor- moqda. Bu yo‘l – milliy xususiyatlar, qadriyatlarni tiklash, saqlash, rivojlantirish, milliy g‘ururimizni uygotish, vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan mafkura negizida kamo- lotga erishish yo‘lidir. Bu esa, o‘z navbatida sobiq sho‘ro tarbiya nazariyasida o‘rganilish mumkin bo‘lmagan milliy odob, milliy e’tiqod, iymon-diyonat kabi insonning butun milliy xususiyatiga bevosita bog‘liq fazilatlarni yosh avlodning shaxsiy sifatlariga aylantirilishini dolzarb vazifa qilib qo‘ydi. Shu tariqa yuqoridagi fazilatlarni shakllantirishni o‘z ichiga oluvchi yangi pedagogik yo‘nalish dunyoga keldi. Darhaqiqat, milliy tarbiya – O‘zbekiston milliy mustaqilligining pedagogik maqsadi va shartidir. Milliy tarbiya O‘zbekistonning davlat mustaqilligini mustah- kamlash va amalga oshirishga tayyor farzandlarni tarbiyalab voya- ga yetkazishga xizmat qiladi. Bu maqsadga erishishning o‘ziga xos nazariy muammolari bor. Shulardan biri – milliy tarbiya nazariya- sining asosiy qoidalari va ilmiy tushunchalari yaratilmaganligidir. Ikkinchi muammo – «O‘zbekiston mustaqilligini amalga oshirishga, mustahkamlashga tayyor farzandlar qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerak?» degan savolga aniq tajribada asoslangan javoblar olish masalasidir. Bularning barchasi O‘zbekiston maktablarida milliy istiqlol tarbiyasining mezonlarini ilmiy asoslash zaruratini vujudga keltirmoqda. O‘quvchilarini milliy tarbiyalash mezonlari mustaqillik tufayli yanada dolzarb ahamiyat kasb etgan shaxsning milliyligiga bevosita aloqador bo‘lgan fazilatlarini singdirish tamoyilidan kelib chiqib belgilanadi. 249 Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda mustaqil O‘zbekis- tonning ijtimoiy buyurtmasi bo‘lmish ijobiy sifatlar: milliy iftixor, vatanparvarlik, millatlararo muloqot madaniyati, milliy odob, vijdoniylik, iymon-e’tiqod, milliy istiqlol mafkuraviy ongini rivojlantirish zarur. Ularning aksi bo‘lgan salbiy sifatlar: milliy befarqlik, vatanfurushlik, xoinlik, manqurtlik, millatchilik, mahal- liychilik, vijdonsizlik, mafkurasizlik kabilarga nafrat uygotish darkor. Bu ishlarni bir-biri bilan uzviy bog‘lab olib borish o‘qituvchi-tarbiyachi tomonidan maxsus mezon qilib olinishi kerak.Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda o‘quvchilarning yosh, aqliy imkoniyatlarini e’tiborga olinadi. Quyida boshlang‘ich sinf o‘quvchisining milliy tarbiyalan- ganlik ko‘rsatkichlari va mezonlari qanday bo‘lishini taxminiy na’munasini keltiramiz. O‘zbekiston – Vatanim mening. O‘zbekistonning tabiiy, ma’naviy, jug‘rofiy va milliy xususiya- tini anglash; o‘lkaning o‘tmishini, hozirgi hayot va kelajagi haqida tushunchalarga ega bo‘lish; O‘zbekistonning, o‘zbek xalqining qahramon farzandlari xizmatlarini bilish; O‘zbekiston Davlat ramzlarini bilish. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling