Umumiy psixologiya fanining predmeti


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana20.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1216229
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu 23



 
Mavzu: 
UMUMIY PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI
RIVOJLANISH TARIXI 


Reja: 
1. Psixologiya qanday fan?
2. Psixologiya fanini asosiy vazifalari
3. Psixologiya fanining vujudga kelishi 
4. Psixologiyaning o‘rganilish bosqichlari 
5. Psixologiyadagi muammolar (psixolog nima ish qiladi?) 
 
 
Asosiy tushunchalar
Psixologiya, psixolog, psixologiya tarixi, psixologiya 
fanini asosiy vazifalari. 
 
 
  
Ma’lumki, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq etishga 
mo‘ljallangan fanlardan bittasi psixologiya hisoblanadi. Psixologik bilimlarni 
ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida tatbiq etish ko‘lami kengayib borishi uning 
mas’uliyati va nufuzi ortayotganligidan dalolat beradi. Istiqlol sharafati tufayli ilmiy 
yondashuvlarga, oldingi metodologik muammolarga xolisona munosabatda bo‘lish 
imkoniyati vujudga keldi.
Ana shu vazifalarni amaliyotda o‘z ifodasini toptirishda umumiy psixologiya 
fani muhim rol o‘ynaydi. Mutaxassislar tayyorlash jarayonida umumiy psixologiya 
fani kasbiy bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni shakllantirish borasida ustuvor 
o‘rin egallaydi 
Jahon fanlarining muayyan qonuniyatlarga asoslanib turkumlarga kiritilishiga 
ko‘ra, psixologiya fani bu tizimda nufuzli o‘rin egallashiga barcha ob’ektiv shart-
sharoitlar yetarlidir. Psixologiya fani insoniyat tomonidan kashf qilingan fanlarning 
ichida eng murakkabi bo‘lib, biosferik ta’limotdan kelib chiqqan holda psixika 
yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatiniaks ettiruvchi kategoriya 
sifatida o‘rganilib kelingan. Lekin bugungi kunda neosferik ta’limotga binoan 
fazoviy munosabatlar, sayyoralararo aloqalar, o‘zaro ta’sirlar, moddalar, 
zarrachalar, nurlar harakati almashinishi, qo‘shilishi to‘g‘risida mulohazalar, faraziy 
asosda bo‘lsa ham yuritilmoqda. 


Biz bugungi kunda psixologiya fanini qiziqarli fan deb bilmoqdamiz, aslida 
juda murakkab fan hisoblanadi. Shu boisdan psixologiya fani haqida ko‘plab 
psixolog olimlar o‘zlarining ilmiy fikrlarini bildirib o‘tgan. Psixologiya 
milodimizdan 300 yil oldinroq, grek faylasufi, naturalist Aristotel “Fanni o‘rganish-
xotira,shaxsiyat, ruhiyat, his-tuyg‘u nazariyalari” degan nom bilan boshlagan. Lekin 
bugungi kuni uning nazariyalariga (kulgili) shubha bilan ham qarab keladi. Masalan; 
ovqat insonning uyqusini keltiradi, bizning yuragimiz atrofini insoniy hislatlar 
qamrab olgan-deb yozgan
1, 
hozirgi kuni psixologiya barcha sohalar bilan bog‘liqli 
tarzda ham o‘rganilmoqda. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling