Umumiy psixologiya fanining predmeti
Psixologiya fanini asosiy vazifalari
Download 0,83 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu 23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologiyadagi muammolar Psixologiyadagi muammolar
Psixologiya fanini asosiy vazifalari
Psixologiya fanining vazifasi psixik faoliyatning mexanizmlarini aniqlashdan iborat. Psixologiya predmeti quyidagilarni qamrab olishi zarur: 1. psixologik bilish jarayonlari (sezgi, idrok, xotira va hokazo), 2. psixikaning shakllari (faoliyat, xulq, muomala), 3. psixikaning holatlari (kayfiyat, xayolparishonlik kabilar), 4. psixikaning hodisalari, 5. psixikaning xislatlari, fazilatlari, sifatlari, xossalari, 6. psixikaning qonuniyatlari, 7. psixikaning mexanizmlari, 8. psixik sharoit, muhit, vaziyat, 9. o‘zaro sababiy bog‘lanishlar. Psixologiyadagi muammolar Psixologiyadagi muammolar Psixologiya fani o‘zining asosiy prinsiplari ega. 30-yillarning o‘rtalariga kelib psixologiya fanining asosiy prinsiplari: determinizm prinsipi, ong va faoliyatning birligi prinsipi, psixikaning faoliyatda rivojlanishi prinsipi aniq ifodalab berildi. Psixologiya fanining prinsiplari bir nechtadir. U.Jeyms “Psixologiyaga kirish” nomli kitobida psixologiyadagi muammolar degan joyiga “erkinlik determinzmga qarshi” fikri keltirilgan. Shaxsning barcha hatti-harakatlarining o‘z sabablari mavjud. Shaxs harakatlarim haqida o‘zim qaror qabul qilaman, hamma ishlarimga o‘zim sababchiman – deb javob beradi. Psixologiyada asosiy muammolar bolalarning ulg‘ayishi bilan bog‘liq, ular televizor ko‘rib vaqtning o‘tishini his qilmasligi odatiy holga aylanganligi. Ularda o‘z erkinligini his qilish ustunligi kuzatiladi. (Jeyms U, Kalat. Psychology. 4 bet) Psixologiyada determinizm prinsipi psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishini anglatadi. Ong va faoliyat birligi prinsipi psixologiyada qabul qilingan prinsipi ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, lekin ular bir-biriga aynan o‘xshash ham emas, ammo birlikni tashkil etadi. Ong va faoliyat birligi prinsipi psixologlarga xulq-atvorni, faoliyatni o‘rganayotib, harakatning maqsadlariga erishishni muvaffaqiyatini ta’linlovchi ichki psixologik mexanizmlarni aniqlash, ya’ni psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochish imkonini beradi. Shu tariqa xozirgi zamon psixologiyasi o‘z tarakkiyotida mustakil fan sifatida mustaxkam tabiiy-ilmiy negizga ega buladi. Tabiatshunoslikning konuniyatlarini bilish psixologiya tomonidan jiddiy o‘rganishni taqozo etadi. Psixologiyaning qator sohalari va eng avvalo, kiyomiy psixologiya, zoopsixologiya, ekologiya, tibbiyot psixologiyasi, patopsixologiya va yana ba’zi bir xil soxalari ayni chog‘da tabiatshunoslik va tabobatning ham bo‘limlari bo‘lib xisoblanadi. Download 0,83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling