Umumiy psixologiya fanining predmeti
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu 23
Vilgelm Vundt tomonidan birinchi psixologik laboratoriya tashkil etilib, unda ilmiy
asosda turli tajribalar o‘tkazish boshlangandan keyin mustaqil fan sifatida tan olingan. Psixologiyaning paydo bo‘lishi va fan sifatida e’tirof etilishida biologik, ijtimoiy, bixevioristik (xulqga ko‘ra), kognitiv, psixoanalitik, gumanistik, sotsial- psixologik yo‘nalishlar va ularning asoschilari bayon etilgan. (Godfrua J. Chto takoe psixologiya: V 2-x t. T.1. Per. s frans. M., Mir, 1992. -496 s. 57-80-b.) Rossiyalik psixolog olim R.S.Nemov uch jilddan iborat “Psixologiya” kitobida psixologiya atamasi 16-asrda birinchi marta qo‘llanilganligini, ong va o‘zini kuzatish tufayli inson o‘zidagi psixik xolatlarni o‘rgana borganligini, keyinchalik insonning faoliyati sohasida shu psixik jarayonlarni o‘rganish zarurati yetilganligini izohlab bergan. (Nemov R.S. Psixologiya: Uchebnik dlya stud. Vuzov., Kn. 1.: 688 s. 8-12 b.) O‘zbek psixolog olimlari E.G‘oziev, M.Xolmuxamedov, X.Ibrohimovlarning “Psixologiya metodologiyasi” o‘quv qo‘llanmasida psixologiya fanining falsafa va tabiatshunoslik fanlari negizida paydo bo‘lganligi yetarlicha dalillar vositasida ko‘rsatib berilgan. E.G‘ozievning 2 jilddan iborat “Umumiy psixologiya” darsligida psixologiya fanining predmeti, bu fanning vujudga kelshi, asosiy sohalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, psixologiyaning metodologiyasi va prinsiplari, faoliyat, uning tuzilishi, shaxs va uning tuzilmasi, shaxs psixikasining namoyon bo‘lish shakllari, shaxsning psixologik xususiyatlaridan qobiliyat, temperament, xarakter kabilar keng va batafsil yoritib berilgan. Atrofidagi odamlarning xarakterini tushunish umidida va yoki o‘z dardlariga malham izlash maqsadida millionlab insonlar soxta psixologiyaga murojaat qiladilar. Bu yo‘lda ular radio-muloqot dasturlarida berib boriladigan maslahatlarga quloq tutadilar, allaqanday ruhiy kuchlar haqidagi maqolalarni o‘qiydilar, gipnoz yordamida chekishni tashlashni xohlovchilarning maxsus yig‘ilishlarida qatnashadilar, mustaqil ravishda shug‘ullanish uchun turli xil kitoblar va veb- saytlardan tushlar ta’biri, jo‘shqin ishqiy munosabatlarning siri va baxtga eltuvchi yoʻl kabi mavzular haqida ma’lumot izlaydilar. Boshqa birovlar esa hayotiy psixologik haqiqatlardan ilholmlanib, hayrat ila savol beradilar: «Rostdan ham yangi tug‘ilgan chaqaloq va ona o‘rtasida ilk daqiqalarda kindik orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bo‘ladimi? Odam ulg‘ayib, bolalikda duch kelgan jinsiy zulm haqidagi xotiralari «tiklangach» – o‘sha vahshiylarni javobgarlikka tortish kerak bo‘ladimi? Oiladagi ilk farzand boshqa farzandlarga nisbatan tirishqoqroq bo‘ladimi? Psixoterapiya muoalajalari davolashga qodirmi? Shu kabi savollarga duch kelganda, ilmsizlikdan hosil bo‘lgan fikrlar va ilmiy xulosalarni qanday qilib bir-biridan farqlab, ajrata olamiz? Insonlarning fikrlash, his qilish va xatti-harakati sabablarini tushunish uchun qanday qilib psixologiya fanidan mukammal foydalanishmiz mumkin? (David G. Myers Psychology,© 2010 by Worth Publishers 48-59 betlarda) Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling