Umumiy psixologiya fanining predmeti


(David G. Myers Psychology,© 2010 by Worth  Publishers)


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana20.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1216229
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu 23

(David G. Myers Psychology,© 2010 by Worth 
Publishers). 
 
 
 
 
Jeyms U, Kalatning “Psixologiyaga kirish” nomli kitobida psixologiyani 
o‘rganishda 3 ta asosiy aspektlariga e’tibor qaratilgan. 1) xulq-atvorning barcha 
xususiyatlarini o‘rganish; 2) xulq-atvor genetik tomonidan o‘rganilishi; 3) xulq-
atvor ijtimoiy muhit ta’sirida o‘zgarib borishi. Jeyms U, Kalatning fikricha 
psixologiya keng qamrovli fan bo‘lib, u o‘ziga shaxsning hissiyotlarini, idrok etishi, 
xotirasi, och qolishi, chanqashi, e’tibor berishi, bola rivojlanishining bosqichlarini 
ya’ni yosh davrlariga qarab xulq-atvorning o‘zgarib borishini va boshqada ko‘p 
aspektlarning o‘zaro ta’sirini ham o‘rganib boradigan fan deb aytib o‘tgan. 
Psixologiya faniga shaxs xarakterini va tajribalarni o‘rganuvchi tizim sifatida 
qarashimiz mumkin. Shaxsning xarakteri o‘zgaruvchan xususiyatga ega. Masalan:
 
1-rasm 
Ushbu rasmda siz ko‘rib turgan 1 xil chiziq ahamiyatsizdek ko‘rinadi. 
Yaxshilab qarasangiz 1 chiziq uzun ko‘rinadi 2 chiziq esa kalta ko‘rinadi. 
Psixologiyada xarakter tushunchasiga juda ko‘p ta’riflar mavjud. Shunday bo‘lsada 
1 chiziq xarakterning cheksiz, o‘zgaruvchan ekanligini ko‘rsatadi. 2 chiziqda esa biz 
t
a
j
r
i
Psixologiya qanday fan? 


 Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida odam o‘zini hayajonlantirgan, 
taajjubga solgan savollarga javob izlash imkoniyati vujudga kelgan. Buning 
natijasida “inson o‘ziga-o‘zi ta’sir o‘tkaza oladimi?” “O‘zgalargachi?”, “inson 
qanday fikrlaydi?” kabi turli-tuman muammolar yechimini qidirishga harakat 
qiladi. Psixologiya o‘z nima?
 
Psixologiya so‘zining lug‘aviy ma’nosi yunoncha psyuxe – jon, ruh, logos – 
fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Biroq hozirgi davrda “jontushunchasi 
o‘rniga “psixika”ni qo‘llashda davom etmoqda. Lingivistik nuqtai nazaridan “jon”, 
“psixika” tushunchalari aynan bir xil ma’noni bildiradi. Lekin “psixika” tushunchasi 
bugungi kunda “jon”dan kengroq ko‘lamga ega bo‘lib, ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham 
ko‘zga ko‘rinmovchi tomonlarini o‘zida eks ettiradi (Umumiy psixologiya. 
E.G‘oziev. 2010). Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, psixikaning tarkibiy 
qismlari faoliyat, xulq, muamala, bilish jarayonlari, psixik holatlar, ichki 
kechinmalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlarning miyada aks etishi, psixik qonuniyatlar 
va mexanizmlarni o‘rganadi. 
Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga ko‘ra 
psixikaning yuzga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko‘rsatilgan. Aynan psixik 
faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: 
bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat;
bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur;
shaxsning, hissiy, irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda;
shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyat. 
Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e’tiborni quyidagilarga 
qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va 
pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko‘ra pedagogika shaxsni ta’lim-
tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, psixologiya shaxsda kechadigan 
ruhiy jarayonlarni o‘rganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya 
fanining predmetini – shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil 
qiladi.
Psixologiya-kishining ichki dunyosi, uni bilib olish va hayotda qo‘llanish 
haqidagi fandir. Psixika tushunchasi esa, bugungi kunda «jon»dan kengroq 
ko‘lamga ega bo‘lib, ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘zga ko‘rinmovchi tomonlarini 
o‘zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq, muomala yaqqol 
namoyon bo‘lish xususiyatiga ega bo‘lsa, bilish jarayonlari, psixik holatlar, ichki 
kechimalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada mujassamlashgani uchun ular 
ko‘zga ko‘rinmaydi. Psixologiya ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektlari bo‘lgan sub’ektning 
ichki, psixik holatiga tashqi ta’sirotlar natijasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar jarayoni 
qanday kechishini o‘rganadi.


Psixikaning paydo bo‘lishining asosiy shakllari M.Gamezo va 
Domashenkolarning “Atlas po psixologii” nomli qo‘llanmasida qo‘yidagicha 
ifodalanadi: 
Shunga muvofiq bir qator olimlar tomonidan psixikaga ta’riflar berilib, uning 
mazmun 
mohiyati 
ochib 
berilgan. 
Jumladan, professor 
V.M.Karimova 
fikricha psixika – inson ruhiyatining shunday holatiki u tashqi olamni (ichki ruhiy 
olamni) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. 
Professor M.G.Davletshin fikricha, psixika deganda, oliy darajadagi materiyaning 
(miyaning) xususiyati tushunilib, u ob’ektiv borliqni aks ettirilishida namoyon 
bo‘ladi, sub’ekt faoliyatini ma’lum maqsad asosida yo‘naltiradi hamda xulq-atvor 
negizida shakllanadi. 
Psixika bu aks ettirishdir. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirishning o‘ziga xos 
usullari mavjud. Aks ettirishni quyidagicha ifodalash mumkin.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling