Umumiy psixologiya fanining predmeti
Psixikaning namoyon boʼlishi
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu 23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixikaning asosiy funktsiyalari
Psixikaning namoyon boʼlishi
Jarayon: − Sezgi, − Idrok, − Xotira, − Hayol, − Tafakkur, − Nutq, − Diqqat. Shaxs xususiyatlari: − Yoqilganlik, − Xarakter, − Temperament, − Qobiliyat. Holatlar: − Qiziqish, − Kayfiyat, − Ishonuvchanlik, − Shubhalanuvchanlik, − Apatiya, − Tushkunlik va b. Psixikaning asosiy funktsiyalari Aks ettirish Xulq va faoliyat nazorati Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari xosdir. Masalan, ko‘zguning aks ettirishi, suvdagi ta’sir va boshqalar. Jonli materiya uchun aks ettirishning fiziologik, psixik aks ettirish turlari xos bo‘lib, ong va o‘z- o‘zini anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega: 1) ob’ektiv borliqni to‘g‘ri aks ettirish imkoniyatini beradi; 2) shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi; 3) doimo rivojlanib va takomillashib boradi. 4) Shaxsning individualligi orqali namoyon bo‘ladi. Psixika to‘g‘risida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish uchun dastavval psixik hodisalar mohiyati bilan tanishamiz. Odatda psixik hodisalar deganda ichki, sub’ektiv tajriba faktlarning (voqelikning) namoyon bo‘lishi tushuniladi, boshqacha so‘z bilan aytganda, psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir. Ichki, sub’ektiv tajribaning o‘zi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg‘ulari, uning nimalarnidir esga tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosini tarkibiy qismlaridir, ya’ni bularning hammasi sub’ektiv psixik hodisalar sanaladi. Shunday qilib, yuqorida biz psixologiya to‘g‘risidagi tasavvurlar, uning predmeti hamda unga kiruvchi ilmiy tushunchalar, psixologik holatlar, voqelik yuzasidan fikr almashdik, ilmiy psixologik materiallar o‘rtasidagi bog‘liqlik va tafovut bo‘yicha mulohaza yuritdik. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling