Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Foydalanilmagan ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lash


Download 154.93 Kb.
bet65/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

151-modda. Foydalanilmagan ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lash
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi.
Xodimlarga ish davrida, ularning xohishiga ko‘ra, yillik ta’tilning ushbu Kodeksning 134-moddasida belgilangan eng oz muddatidan (o‘n besh ish kunidan) ortiqcha qismi uchun pullik kompensatsiya to‘lanishi mumkin.
Ijtimoiy ta’tillarning barcha turlaridan, shuningdek ushbu Kodeksning 137 va 138-moddalarida nazarda tutilgan qo‘shimcha ta’tillardan asli holida foydalaniladi va ularni pullik kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 4.18-bandi.
152-modda. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tildan foydalanish
Jamoa shartnomasida yoki xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi bekor qilinganda (shu jumladan uning muddati tugashi munosabati bilan ham) xodimning xohishiga ko‘ra, yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish hollari nazarda tutilishi mumkin. Bu holda ta’til tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ta’til davrida xodim mehnat shartnomasini uning tashabbusi bilan bekor qilish to‘g‘risidagi arizasini, basharti mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirishning qonun yoki taraflarning kelishuvi bilan belgilangan muddati tugagan bo‘lsa, qaytarib olishga haqli emas.
Mehnat shartnomasi uning muddati tugashi munosabati bilan bekor qilinganda keyinchalik mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish sharti bilan, garchi haqiqatda ishlangan vaqt hamda ta’til vaqtining umumiy yig‘indisi mehnat shartnomasi muddati chegarasidan chiqib ketsa ham, ta’til berilishi mumkin. Bu holda mehnat shartnomasining amal qilishi ta’til tugagunga qadar uzaytiriladi.
Mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari tufayli bekor qilinganda yillik asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tilidan asli holida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling