Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

51-modda. Xedjirlash
Ushbu Kodeks maqsadida xedjirlash operatsiyalari deganda soliq to‘lovchi uchun noxush
oqibatlarni (to‘liq yoki qisman) kamaytirish (kompensatsiya qilish) maqsadida muddatli
bitimlarning moliyaviy vositalari (shu jumladan harxil turlari bilan) amalga oshiriladigan
operatsiyalar (operatsiyalar majmui) tushuniladi.
Bunday noxush oqibatlar jumlasiga, xususan, zarar ko‘rish, tushumning yoki foydaning
kamayishi, mol-mulk bozor qiymatining kamayishi, narxning, foiz stavkasining, milliy valyutaga
nisbatan chet el valyutasi kursining yoki xedjirlash obyekti (obyektlari) boshqa ko‘rsatkichining
(ko‘rsatkichlari majmuining) o‘zgarishi oqibatida soliq to‘lovchining majburiyatlari ko‘payishi
kiritilishi mumkin.
Soliq to‘lovchining mol-mulki, mulkiy huquqlari va uning xedjirlash operatsiyasini amalga
oshirish sanasida bajarilish muddati yetib kelmagan majburiyatlari xedjirlash obyektlari deb
e’tirof etiladi.
Amalga oshirilishi (bajarilishi) tarafning shartnoma bo‘yicha talab qo‘yishi bilan bog‘liq
bo‘lgan hamda ularga nisbatan soliq to‘lovchi xedjirlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan talab qilish
huquqlari va majburiyatlar xedjirlash obyektlari bo‘lishi mumkin.
Muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining xedjirlash operatsiyasi uchun foydalaniladigan
asos aktivlari xedjirlash obyektidan farq qilishi mumkin.
Xedjirlash maqsadida har xil turdagi muddatli bitimning bittadan ortiq moliyaviy vositasini,
shu jumladan xedjirlash muddati ichida bitta xedjirlash operatsiyasi doirasida muddatli
bitimlarning bir nechta moliyaviy vositalarini tuzishga yo‘l qo‘yiladi.
Soliq to‘lovchi muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari bilan operatsiyani xedjirlash
operatsiyasi jumlasiga kiritish asoslanganligini tasdiqlash uchun xedjirlash operatsiyasiga doir
bitimni tuzish sanasida soliq to‘lovchining taxminlaridan kelib chiqqan holda ushbu
operatsiyaning amalga oshirilishi narxning, bozor kotirovkasining, valyuta kursining yoki
xedjirlash obyekti boshqa ko‘rsatkichining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan noxush oqibatlarni
kamaytirish imkonini berishini tasdiqlovchi ma’lumotnomani tuzadi.
Agar bitta xedjirlash operatsiyasi maqsadida muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari
bilan bog‘liq operatsiyalar majmuidan foydalanilsa, bunday ma’lumotnoma ushbu bitimlar
majmuining birinchisi tuzilgan sanadagi holatga ko‘ra tuziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar
to‘g‘risidagi 
nizom
 (ro‘yxat raqami 3337, 27.11.2021-y.)

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling