Umumiy qoidalar o‘zbekiston respublikasining yer to‘g‘risidagi qonunlari


-modda. Yerlarning davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi, sotib olinishi


Download 54.16 Kb.
bet9/17
Sana19.04.2023
Hajmi54.16 Kb.
#1364324
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER TO’G’RISIDAGI QONUNI

14-modda. Yerlarning davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi, sotib olinishi
(14-moddaning sarlavhasi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer egasining — qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonasi, muassasasi va tashkilotining, shuningdek fuqarolarning roziligi bo‘lgan taqdirda yoki yerdan foydalanuvchi bilan sanoat, transport va boshqa noqishloq xo‘jaligi korxonasi, muassasasi va tashkiloti bilan kelishilgan holda o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari va hokimiyat idoralarining o‘zlariga berib qo‘yilgan vakolatlarga muvofiq chiqargan qaroriga ko‘ra olib qo‘yiladi.
Yer egasi yoki yerdan foydalanuvchi rozi bo‘lmagan taqdirda o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari va hokimiyat mahalliy idoralarining qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Muayyan viloyat uchun kadastr bahosiga muvofiq belgilanadigan alohida qimmatli mahsuldor sug‘oriladigan yerlarning, shuningdek alohida muhofaza qilinadigan tabiiy va tarixiy-madaniy obyektlar va hududlar egallab turgan yerlarning qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olib qo‘yilishiga alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yo‘l qo‘yiladi.
Korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yer uchastkalarini olishdan manfaatdor bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar loyihalash ishlari boshlanguncha obyekt quriladigan joyi, uchastkaning taxminiy maydoni va uni ajratish shartlarini yer egalari va bu yerdan foydalanuvchilar, shuningdek o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari va hokimiyat mahalliy idoralari bilan territoriyani kompleks rivojlantirishni ta’minlashni e’tiborga olib, oldindan kelishib olishlari shart.
Oldindan kelishib olmasdan turib, loyiha ishlarini pul bilan ta’minlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yerlarni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish hamda obyekt quriladigan joyni oldindan kelishib olish, shuningdek yer ajratib berishni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari yoki turar joy binosi va boshqa bino yoki binoning bir qismi bilan birga yer uchastkalarini sotib olish hokimiyat tegishli organlarining qaroriga binoan amalga oshirilib, ushbu Qonun 19-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar bilan ta’minlanadi.
(14-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)

Download 54.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling