27-modda. Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yerga egalik qilishi
Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar jamoat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun yerni doimiy egalik qilishga oladilar. Mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qo‘shimcha yer uchastkalarini ijaraga olishlari mumkin.
Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar agrosanoat birlashmalari, kombinatlari, agrofirmalar va boshqa tuzilmalar tarkibiga kirganida ham ularning yerga bo‘lgan huquqi saqlanib qoladi.
Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga berib qo‘yilgan yerlar jamoat foydalanishidagi yerlardan va fuqarolar egalik qiladigan tomorqa yerlaridan iborat bo‘ladi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
28-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berish tartibi va shartlari
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hokimiyatning tegishli viloyat idoralarining qaroriga muvofiq yer ajratish loyihalariga asosan yerlari olib qo‘yilayotgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan, shuningdek ularning yuqori idoralari bilan kelishilgan holda qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, diniy va boshqa tashkilotlarga berib qo‘yiladi.
Yangi tuzilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerga doimiy egaligini rasmiylashtirish hamda tugatilayotgan va qayta tuzilayotgan (bo‘lib yoki qo‘shib yuborilayotgan)larining yerga egalik qilish huquqlarini to‘xtatish, ularni tuzish, tugatish yoki qayta tuzish to‘g‘risida vakolatli idoralar tomonidan qarorlar qabul qilinganidan keyin hokimiyatning tegishli viloyat idoralarining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
MANBAA:
Lex.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |