Umumiy qoidalar o‘zbekiston respublikasining yer to‘g‘risidagi qonunlari
Download 54.16 Kb.
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER TO’G’RISIDAGI QONUNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 26-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish sohasida yer egalarining vazifalari
25-modda. Sug‘oriladigan yerlar
Qishloq xo‘jaligida foydalanish va sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan, suv resurslari shu yerlarni sug‘orishni ta’minlay oladigan sug‘orish manbai bilan bog‘langan doimiy yoki muvaqqat sug‘orish tarmog‘iga ega bo‘lgan yerlar sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi. Suv xo‘jaligi idoralari sug‘oriladigan yeri bo‘lgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarni manbalarning sersuvligini hisobga olgan holda belgilangan limitlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining suv to‘g‘risidagi qonunlariga muvofiq belgilanadigan tartibda ta’minlashlari shart. Sug‘oriladigan yerlar alohida muhofaza qilinishi lozim, ularni sug‘orilmaydigan yerlar sirasiga o‘tkazilishi tuproq-meliorativ sharoitlarni va yerlarning suv bilan ta’minlanganligini, ulardagi mavjud suv resurslarini va bu suvlarga belgilangan limitlarni e’tiborga olib, hokimiyatning viloyat idoralari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib amalga oshiriladi. (25-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda) 26-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish sohasida yer egalarining vazifalari Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan kolxozlar, sovxozlar, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar fan va ilg‘or tajriba yutuqlari asosida, mahalliy sharoitlarni e’tiborga olib: 1) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalarida tuproq unumdorligini oshirish va yerlardan oqilona foydalanish yuzasidan aniq tadbirlarni ko‘zda tutishga; 2) zona sharoiti va xo‘jalikning ixtisoslashuviga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab ekishlarni dehqonchilikning eng samarali va iqtisodiy jihatdan oqilona tadbirlarini joriy etishga; 3) meliorativ jihatdan nobop sug‘oriladigan yerlarni butunlay qayta ishlashga, pichanzor va yaylovlarga suv chiqarish va ularni holatini yaxshilashga; (26-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda) 4) xo‘jalikning sug‘orish va kollektor-zovur tarmog‘ini hamda ulardagi inshootlarni texnikaviy jihatdan tuzuk holatda saqlashga; 5) qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini sug‘oriladigan yerlarning sho‘r bosishi va botqoqlanishiga, yerlarning va suv manbalarining bulg‘anishi va zararlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan usullarda amalga oshirishga; 6) qishloq xo‘jalik ekinlari va dov-daraxtlarini parvarish qilishning suv tejaladigan texnologiyasini sug‘orishning ilg‘or usullarini joriy etishga; 7) ushbu Qonunning 53-moddasiga hamda boshqa qonun hujjatlariga binoan yerlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko‘rishga majburdirlar. (26-moddaning 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda) Download 54.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling