Umumiy qoidalar o‘zbekiston respublikasining yer to‘g‘risidagi qonunlari


Download 54.16 Kb.
bet8/17
Sana19.04.2023
Hajmi54.16 Kb.
#1364324
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER TO’G’RISIDAGI QONUNI

121-modda. Yer uchastkalariga mulk huquqining yuzaga kelishi
Yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga mulk huquqi savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda tanlov yoki kim oshdi savdosi o‘tkazish natijasida yuzaga keladi. Tanlov yoki kim oshdi savdosining zarur sharti O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi yoki uning xududiy organi bilan yangi mulkdor o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma tuzishdan iborat.
Yer uchastkalariga chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning — diplomatiya korpusi xodimlarining, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillarining, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar doimiy vakolatxonalari xodimlarining, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda doimiy asosda ishlovchi shaxslarning, shuningdek respublikada doimiy istiqomat qilayotgan va istiqomat qilish uchun guvohnomasi bo‘lgan shaxslarning mulk huquqi ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda turar joy binolari shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga sotilayotganida yuzaga keladi.
Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga vakolatxona binosi, shu jumladan, vakolatxona boshlig‘i qarorgohi sifatida foydalanib kelinayotgan binolar yoki binolarning bir qismi shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning binolarini qurish uchun yer uchastkalari sotilayotganida yuzaga keladi.
(121-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
13-modda. Yer uchastkalariga mulkdorlik, yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqini to‘xtatish
Tegishli o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari hamda hokimiyat mahalliy idoralari o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori bilan quyidagi hollarda barcha yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi to‘xtatib qo‘yiladi:
1) yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda;
2) yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda;
3) korxona, muassasa, tashkilot, dehqon xo‘jaligining faoliyati to‘xtaganda;
4) shartnoma shartlari buzilganligi sababli yerni ijaraga berish shartnomasi bekor qilinganda;
5) yerdan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida;
6) xizmatda foydalanish uchun yer berib qo‘yishga asos bo‘lgan mehnat munosabatlari to‘xtatilganda;
7) yer uchastkasidan oqilona foydalanilmagan taqdirda, bu narsa qishloq xo‘jaligi maqsadlariga atalgan yerlar uchun hosildorlik darajasi normativdan (kadastr bahosiga ko‘ra) past bo‘lishida ifodalanadi;
8) yer uchastkasidan tuproq hosildorligi pasayishiga, uning kimyoviy va radioaktiv bulg‘anishiga, ekologiya vaziyati yomonlashuviga olib boradigan usullar bilan foydalanilgan taqdirda;
9) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan muddatlar mobaynida yer solig‘i, shuningdek ijara shartnomasida belgilangan muddatlarda ijara haqi uzluksiz to‘lanmaganida;
10) qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi uchun berib qo‘yilgan yer uchastkasidan bir yil davomida va noqishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi uchun berilgan yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida;
11) meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqini beruvchi order kim oshdi savdosi asosida olinganidan keyin yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqi garovda bo‘lgan taqdirda esa — garov shartnomasi muddati mobaynida foydalanilmaganida. Foydalanilmagan yer uchastkalari avvalgi egalariga ular to‘lagan haqni qaytarib bergan holda tortib olinadi;
(13-modda birinchi qismining 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
12) ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan holatlarda yer olib qo‘yilganida.
Qonunlarda yerga egalik qilish huquqini, yerdan foydalanish va yerni ijaraga olish huquqini to‘xtatishning boshqa holatlari ham ko‘zda tutilishi mumkin.
Yer uchastkalariga mulkdorlik huquqini quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
1) savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari, shuningdek, turar joy binolari va boshqa binolar yoki binolarning bir qismi shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga sotilganda;
(13-modda uchinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
2) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun sotib olinganda;
3) Qonunda belgilangan hollarda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari, shuningdek, turar joy binolari musodara etilganda.
Ushbu modda birinchi qismining 5, 7 va 8-bandlarida hamda uchinchi qismining 2-bandida qayd etilgan hollarda yerga mulkdorlik, egalik qilish va undan foydalanish huquqini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinish mumkin.
Yerga egalik qilish huquqi va yerdan foydalanish huquqini to‘xtatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)

Download 54.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling