Umumiy va ijtimoiy psixologiya


Shaxs nazariyalariga zamonaviy qarashlar


Download 0.74 Mb.
bet21/151
Sana04.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1424867
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   151
Bog'liq
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua

Shaxs nazariyalariga zamonaviy qarashlar
Shaxsning asosiy psixologik nazariyalarini qisqacha ko‘rib chiqamiz.Amerikalik psixolog G.Ollport va ingliz psixologi R.Kettel tomonidan ishlab chiqilgan shaxs xislatlari nazariyasi shular jumlasidandir. Shaxsxislati deganda inson tomonidan hayoti davomida uning tajribasi, irsiyati va organizmining fiziologik xususiyatlari asosida egallanadigan barqaror xossa tushuniladi. Shaxsxislatlariga xarakter xislatlari kiradi.
G.Ollport tan olgan shaxsxislatlarini aniqlash va baholashning usullaridan biri chet tilini o‘rganishga, shaxsni har tomonlama ta’riflash mumkin bo‘lgan so‘z-tushunchani tanlab olishga asoslangan. Tanlab olingan so‘zlarning etarli tarzda qisqartirish yo‘li bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxsiy xislatlarning ma’lum odamda ularni keyinchalik baholash maqsadida to‘la ro‘yxati tuziladi. G.Ollportshaxsiy xislatlarni o‘rganish metodikasini tuzishga xuddi mana shu yo‘l bilan erishdi. Shaxsxislatlarini baholashning R. Kettel tomonidan qo‘llanilgan boshqa usulida hozirgi zamon statistikasining murakkab metodi – faktorli tahli lishlatiladi, bu metod o‘zini tahlil qilish, so‘rov o‘tkazish, odamlarning hayotiy kuzatishlari natijasida olingan ko‘plab turli ko‘rsatkichlar va shaxsga baho berishni etarlicha kamaytirish imkonini yaratadi. Natijada statistik jihatdan mustaqil holatdagi inson shaxsining alohida xislatlari bo‘lib hisoblanadigan omillar to‘plami hosil bo‘ladi. Ushbu metod yordamida R.Kettel 16 xil turdagi shaxsxislatlarini ajratib tashxis etishga erishdi. Ularning har biri kuchli va kuchsiz rivojlanganlik darajasini anglatuvchi ikkita nomga ega bo‘ldi. Tajribada aniqlangan xislatlar to‘plami asosida R.Kettel 16-omilli shaxs so‘rovnomasini tuzib chiqdi.
Shaxsning psixoanalitik nazariyasi (Z.Freyd, A.Adler, K.YUng, E.Fromm, K.Xorni). Bu nazariyaga ko‘ra, shaxs uch qism: Id, ego va Superegodan iborat insonning ichki, psixologik hosilasidir. Id – bu ongsizlik bo‘lib, bunga ichki biologik hislar va insonning hayvonlar bilan umumiy bo‘lgan organik ehtiyojlari kiradi. Z.Freyd jinsiy ehtiyojlar va tajovuzkorlikni, A.Adler – hokimiyatga intilishni, K.Xorni – turli-tuman komplekslarni, E.Fromm – odamning ozodlikka yoki uni cheklashga intilishini ajratib ko‘rsatadilar. Bu – shaxsning o‘zini anglashi. Superegoga inson qadriyatlari, uning hayotiy maqsadlari, ideallari kiradi. Shaxsning bu uch tarkibiy qismlari, odatda, uyg‘unlik holatida bo‘lmaydi, ular o‘rtasida nevrozlarga, inson ruhiyati va xulq-atvoridagi nuqsonlarga sabab bo‘luvchi nizolar yuzaga keladi.
K.Yung Z.Freydning undan ajralib chiqqan birinchi o‘quvchilaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ular o‘rtasidagi har xil fikrlilikning paydo bo‘lishiga Z.Freydning panseksualizm g‘oyasi sabab bo‘ldi. Yung bo‘yicha, inson psixikasi uch daraja: ong, shaxsiy anglanmaganlik va jamoaviy anglanmaganlikdan iborat. Inson shaxsi tuzilishida qadimgi o‘tgan insoniyatdan qolgan xotiralardan hosil bo‘lgan jamoaviy anglanmaganlik asosiy o‘rinni egallaydi. Jamoaviy anglanmaganlik umumiylik xususiyatiga ega. U ham o‘z navbatida turli darajalardan iborat. Bu milliy, irqiy va umuminsoniy meros bilan belgilanadi. Freydning yana bir ustozidan uzoqlashgan mashhur o‘quvchilaridan biri, individual psixologiyaning asoschisi – Alfred Adler hisoblanadi. U Freydning biologiyalashtirish nazariyasini keskin qoraladi. Adler, insonda asosiysi – uning tabiiy ichki sezgilari emas, balki, o‘zi «umumiylik tuyg‘usi» deb nomlagan ijtimoiy tuyg‘ulari ekanligini ta’kidladi. Bu tuyg‘u tug‘ma bo‘lsada, ijtimoiy jihatdan rivojlantirilgan bo‘lishi zarur. Bundan tashqari, Adler Freydning shaxsni uch bo‘lakka bo‘linishi haqidagi fikriga qarshi chiqdi. Uning fikricha, shaxs tuzilishi bir butun bo‘lib, shaxs taraqqiyotidagi bo‘linadigan qism bo‘lib, insonning ustunlikka intilishi hisoblanadi. Lekin bu intilish har doim ham amalga oshavermaydi. Masalan, inson tanasidagi organlarning nuqsonlari tufayli o‘zining mukammal emasligi tuyg‘usini boshidan kechiradi, shuningdek, bu tuyg‘u bolalikdagi noqulay ijtimoiy sharoitlar tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Inson mukammal emaslik tuyg‘usini engish uchun turli ko‘rinishdagi to‘ldiruvchilarni izlay boshlaydi. Xorni xulq-atvorni to‘rt turga ajratdi: birinchi turida «muhabbatga nevrotik intilish» hayotda xavfsizlikni ta’minlash vositasi sifatida ifodalanadi; ikkinchisi qandaydir ob’yektiv sabablar bilan emas, balki, odamlarga nisbatan qo‘rqinch va dushmanlik bilan tushuntiriladigan «hokimiyatga asabiy holatda intilish» da ifodalanadi; uchinchi turida xulq-atvor odamlardan yakkalanishga intilishda ifodalanadi; to‘rtinchi turi o‘zning yordamga muhtojligini («asabiy tobelik») tan olishda ifodalanadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling