Umumiy va ijtimoiy psixologiya
Download 0.74 Mb.
|
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klassifikasiyaiash
- Sistemalashtirish
Konkretlashtirish - hodisalami ichki bog’lanish va munosabatlardan qat'iy nazar bir tomonlama ta'kidlashdan iborat fikr yuritish operasiyasidir.
Umumiy mavhum belgi va xususiyatlami yakka yolg’iz ob'ektlarga tadbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operasiyasi insonning barcha faoliyatlarida faol ishtirok etadi, Voqelik qanchalik yaqqol shaklda ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab yetadi. Insonlar dastavval tevarak atrofni aniq belgilariga asoslanib, aniq holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib tasawur qilish imkoniyatiga ega bo’lganlar, shu boisdan to hozirgi kunga qadar aniqlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo’lib hisoblanadi. Klassifikasiyaiash - bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o’xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir. D.I.Mendelevni "Elementlaming davriy tizimi" jadvali bunga yorqin misoldir. Bunda olim elementlarni atom og’irligi ortib borishiga, kimyoviy sifatlaming bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan. O’rganish uchun qulaylik tug’dirish maqsadida, shuningdek, amaliy maqsadlarda ko’pchiiik narsalarni guruhlarga, turkumlarga bo’iishga to’g’ri keladi. Ko’pchilik narsalarni hodisalami guruhlarga bo’lish klassifikasiyalash yoki turkumlarga bo’lish deb ataladi. Masalan, kutubxonada kitoblar muqovasiga, farmoyishning mazmuniga va shu kabi beigilariga qarab turkumlariga bo’lish mumkin. O’quvchilaming odatda yoshi yoki jinsiy belgilari bo’yicha va shu kabilarga qarab turkumlarga bo’ladilar. Sistemalashtirish - tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o’miga yoki mantiqiy tartibda joy lashtiriladi. Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtning boqqa o’tkazilishi, makoniy tizimga namuna bo’la oladi. O’tmishda bo’lib o’tgan voqealaming vaqtga qarab tizimga solishning namunasi bo’la oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqqa doir darsliklarda ilmiy materiallaming joylashtirilishi mantiqiy tizimga solishning namunasidir. Maktab ta’limida o’zlashtirilgan bilimlami tizimga solish muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu ish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bilimlar dastlab predmetlaming boblari, qismlari bo’yicha, so’ng yaxlit holda o’quvchi cngida tizimlashadi. Tizimlashtirishning ikkinchi bosqichida bir-biriga o’xshash predmetlarga oid bilimlar fikran tartibga solinadi. Uchinchi bosqichda bir necha predmetlar yuzasidan to’plangan bilimlar ma’lum tartibga tushadi, ularning o’xshash va farqli tomonlari ajratiladi. Tizimga solishning to’rtinchi bosqichida darsdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlarda egallangan bilimlami tizimlashtirish nazarda tutiladi. Demak, insonning bilish faoliyatida rnavzulararo, predmetlararo bilimlami tizimlashtirish yuzaga keiadi. Binobarin bilimlaming tizimga solinishi aqliy rivojlanishning dastlabki pog’onasi hisoblanadi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling