Umumiy va noorganik kimyo


Download 3.29 Mb.
bet11/16
Sana31.10.2023
Hajmi3.29 Mb.
#1736317
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Mineral o\'g\'itlar olishda xomashyo bazasiga bo\'lgan talab

SUPERFOSFAT ISHLAB CHIQARISH
Superfosfat sexiga: fosfatli xom ashyo ombori va sulfat kislota saklagich; fosfatni sulfat kislotali parchalash amalga oshiriladigan xizmat bulinmasi (xuddi shu yerda ajraladigan ftorli gazlarni yuttirish xam amalga oshiriladi); superfosfat ombori, u yerda maxsulotni bir kancha muddat yetiltiriladi va pishitilgan maxsulot xosil kilinadi. Uzluksiz usulda superfosfat ishlab chikarish sxemasi 3.19 — rasmda tasvirlangan.
4Zavodga keltirilgan apatit konsentrati (yoki fosforit uni) temir yul vagonlaridan tushiriladi va turli xil tashish moslamalari — elektromexanik kuraklar, lentali tashish moslamalari, shneklar, elevatorlar va boshka pnevmatik moslamalar vositasida xom ashyo ombori (silos) ga, undan esa sarflovchi bunker ga va sungra me’yorlashtirish bunkeriga uzatiladi. Siloslardagi materiallarning bir-biriga kirishib yopishib kolishini oldini olish maksadida siloslar tagiga urnatilgan yorikli plitkalar orkali kisilgan xavo berib turilgan xolda aeratsiya yuzaga keltiriladi. Fosfatning me’yoriy berilishi ulchovli me’yorlashtirgich yordamida amalga oshiriladi. Elektromagnit tebratgichli va shnekli ta’minlagichli ikki boskichli me’yorlashtirgichlardan foydalanish kam inersiyaga va yukori aniklikka ega bulganligi uchun birmuncha afzaldir. Koratog fosforit uni yukori okuvchan xossaga egadir, shuning uchun uni me’yorlashtirish 40-45 sekunddagi kukun mikdorini ulchovchi elektron tugrilagich urnatilgan mikdoriy tarozilarda amalga oshirish afzaldir.
Sulfat kislota uluksiz ravishda suv bilan suyultiriladi; suyultirishni kislota zichligi buyicha konsentratomer orkali nazorat kilinadi. Sungra sarflagich orkali apatit konsentrati bilan aralashtirishga okib tushadi


3.1— rasm. Superfosfat ishlab chikarish sxemasi.


1 - apatit konsentrat uchun transporter; 2 - bunker; 3 – shnekli ta’minlagi; 4 - chumichli elevator; 5,9 — shneklar; 6 — ortikcha apatit konsentrat uchun kaytariuvchi shnek; 7 — meyerlashtiruvchi bunker; 8 — meyerlashtirgich; G) — aralashtirgich; 11— ulchovli meyerlashtnrgichli tekshirish shnek uchun nayaorat tarozisn; 12 — nazo|)at tarozpep uchup buike|); 13 — sulfat kislota uchup rezervuar; 14 — markazdan kochma kislotali nasos; 15 — kislota uchun bak; 16 — kislota aralaiggirgich; 17 — suv uchun bak; 18 — minorali sulfat kislota ishlatganda ajraladigap azot oksidlari uchun gaz ajratgich; 19 — kislota uchun konksntratomsr; 20 — girkichli kislota sarflagich; 21 - supefosfat kamerasn; 22 - frezer; 23 - kamerali superfosfat transportyori; 24 — superfosfatnpi omborga tashlagich5.
Apatitni kislota bilan aralashtirish uchun uzluksiz ishlaydigan uch yoki turt kamerali vertikal aralashtirgichlar kullaniladi (3.20 — rayem). Suspenziya (butka) xajmi shiber (ishchi organi tekis shakldor plastinka) orkali tartibga solinadiki, bunda

3.20 — rasm. To‘g‘ri kamerali aralashtirgich:
1— kameralar; 2 — aralashtirgichlar; 3 — suyepenziyani chiqarish; 4 — kiritish tirqichi;
5 - qopqoq; 6 - chuyanli shiber ; 7 - shiberni ko‘tarib tushirish uchun tros
uning aralashtirilishi 5-7 min (Qoratog‘ fosforiti bilan ishlanganda esa — 2-3 min) davom ettirilishi ta’minlanadi. Suspenziya aralashtirgichdan superfosfat kamerasiga oqib tushadi (3.21 — rayem). U po‘lat g‘ilofli va ichki qismi futirovka qilingan vertikal temir-betonli silindrik korpus 1 dan iborat. Kamera 16 rolikli tirgakka tayantirilgan, ular vositasida kamera ostidagi mustahkam salniklar orqali o‘tuvchi qo‘zg‘almaydigan chuyan quvur 2 atrofida aylanadi. Aylantirish reduktor 4 orqali elektromotor 3 yordamida amalga oshiriladi; 1-2 soat mobaynida kamera bir marta aylanadi (aylanish yo‘nalishi tasvirda strelka bilan ko‘rsatilgan). Kameraning temir-betonli qopqog‘i 5 qo‘zg‘almasdir, kamera va qopqoq orasida rezinali zichlashtirgich bor. Qopqoqqa vertikal holatda markaziy quvurga tegib turuvchi qo‘zg‘almas chuyanli tusiq 6 mahkamlangan va u yuklash zonasini chiqarish zonasidan ajratib turadi. Shu to‘siq atrofida, chiqarish zonasi tomonida frezer 7 joylashgan. Bu tik o‘qda aylanuvchi po‘lat moslama («karusel») ga xromli chuyandan tayyorlangan pichoqli qanotlar mahkamlangan. Frezer kamera qopqog‘iga osilgan holatda bo‘lib, kamera aylanishiga qarama-qarshi yo‘nalishda 0,13-0,17 с"1 (8-10 aylg‘min) chastotada aylanadi.


3.21 — rasm. Uzchluksiz ishlaydigan suferfosfat kamerasi.


1 — kameranpng silindrik korpusi; 2 — markaziy quvur; 3 — elektromotor; 4 — reduktor;
5 — kamera qopqog‘i; 6 — to‘siq; 7 —frezer; 8 — suspenziya tushish tirqishi; 9 — ekssentrik.
Suspenziya aralashtirgichdan kopkokdagi teshik 8 dan utuvchi kuvur orkali uzluksiz ravishda kameraga okib tushadi. Kameraning aylanish jarayonida superfosfat massasi frezerga tomon yunalishida kattiklashib boradi va tayyor maxsulot frezerda kirib olinadi. Frezerning bir marta aylanishi natijasida 5-25 mm kalinlikdagi superfosfat katlami kirib olinadi. Kirilgan superfosfat markaziy kuvurga undagi yirik tirkish orkali tushadi va undan esa maxsulotni omborga uzatuvchi transporterga tushadi. Kuzgolmas markaziy kuvur buyicha superfosfat massasining ishlkalanishi xisobiga yuzaga keladigan aylanish karshiligini kamaytirish maksadida kameraning yuklash zonasida markaziy kuvurning tashki devoriga yogochli ekssentrik 9 joylashtirilgan. Uning vazifasi — yetiltirish jarayonida superfosfat massasining kengayishi uchun erkin xajm xosil kilishdir. Superfosfat massasining zichligi, dastlabki kotish jarayonida 1500 kgg‘m3 ga teng va vakt o‘tishi bilan kamayib, kameradan chikarish paytida 1100 kgg‘m3 ga teng buladi. Tarkibida karbonat tutgan fosforitlarni kayta ishlashda superfosfat massasi govak bulganligi uchun uning kamera devoriga bosimi kam buladi, uning zichligi 800-900 kgg‘m3 ni tashkil etadi. Reakkiyada ajraladigan gazlar kamera kopkogidagi teshikdan vetilyakiya kuvuriga va undan esa absorbkion sistemaga suriladi.Omborga uzatilgan superfosfat tashlab kuyilgan xolatda ma’lum darajada sovutiladi. Bu maksadda uncha katta bulmagan (uzunligi 0,7-1 m, diametri 0,6-0,8 m) tez aylanuvchi (aylanish chastotasi 17-24 с"1 yoki 1000-1450 aylg‘min) gorizontal baraban kullaniladi. Odatda ombor aralashtirgichlar va transportyor mexanizmlar bilan jix,ozlangan buladi. Ular yordamida maksulot sovutiladi, vakti-vakti bilan aralashtirib turiladi, uning yetilishi tezlashtiriladi, ombordan chikarilishi ta’minlanadi.
Shularga karamay, superfosfat ombor da 2-3 xafta turib koladi. Superfosfat ishlab chikaruvchi yirik zavodlarda (1000-3000 tg‘sutka) katta xajmdagi omborlar talab etiladi. Buning natijasida ombordan chikadigan katta xajmdagi x.avo tarkibidagi ftorli gazlarni tozalash kabi mux,im ekologik muammolar kelib chikadi. Shu maksadda superfosfat ishlab chikarishning omborli yetiltirish jarayonisiz amalga oshirish masalasi yuzaga keladi. Omborli yetiltirish jarayonisiz oddiy superfosfat olishning xuddi kushalok superfosfat ishlab chikarishdagi kabi kamera-okimli va okimli usullari mavjuddir (bu usullarga keyinrok tuxtalamiz).
1 t kukunsimon superfosfat ishlab chikarish uchun 0,53-0,55 t apatit konsentrata va 0,37-0,38 t sulfat kislota (100% li) talab etiladi.

Download 3.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling