Umumiy va noorganik kimyo


Nitrat kislota tuzlari. Azotli o’g’itlar


Download 3.29 Mb.
bet4/16
Sana31.10.2023
Hajmi3.29 Mb.
#1736317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mineral o\'g\'itlar olishda xomashyo bazasiga bo\'lgan talab

Nitrat kislota tuzlari. Azotli o’g’itlar
Nitrat kislota tuzlariga nitratlar deyiladi va hamma metallarning nitratlari ma’lum. Ularning ko’pchiligi rangsiz va suvda yaxshi eriydi.
Nitratlar nitrat kislotaga nisbatan barqarorroq, ular odatda nitrat kislotaga tegishli metallarni, metall oksidlarini yoki asoslarni ta’sir ettirib olinadi.
Nordon suvli eritmalarda nitratlarning oksidlovchilik xossalari nitrat kislotaga nisbatan ancha sust, neytral muhitda esa oksidlovchilik xossasini namoyon qilmaydi. Nitratlar suyuqlanmalarda va kislorod chiqarib parchalanganda kuchli oksidlovchi xossasini namoyon qiladilar.
Nitratlardan eng muhim ahamiyatga ega bo’lganlari: natriy nitrat, kaliy nitrat, ammoniy nitrat va kal’tsiy nitratlar bo’lib, amalda ular umumiy nom selitralar deb ataladi.
Metallarning nitratlari qizdirilganda quyidagi 3 hil sxema bo’yicha termik parchlanadilar, parchalanish tuz tarkibidagi kation tabiatiga bog’liq bo’ladi:
Masalan: 1) metallarning kuchlanish qatorida Li, dan Mg gacha bo’lgan nitratlar qizdirilganda kislorod chiqarib nitritlarga aylanadi:

2) magniydan misgacha bo’lgan metallarning nitratlari qizdirilganda metall oksidi, NO2 va O2 ga parchalanadi: (magniy tuzlari yuqoridagi sxema bo’yicha parchalanadi):

4) misdan o’ngroqda turgan metallarning nitratlari qizdirilganda erkin metallgacha parchalanadi.

Bu reaksiyalarning har hil hususiyatda parchalanishlari nitrit va oksidlarining har hil barqarorligidan kelib chiqadi.
Azotli o’g’itlar. Mineral o’g’itlar yer ostidan qazib olinadigan va unga sanoat usulida ishlov beriladigan mahsulotlar bo’lib, ular tarkibida tuproq unumdorligini oshiradigan, o’simliklarning normal rivojlanishi uchun zarur bo’lgan makroelementlar mavjud bo’ladi. Mineral o’g’itlar asosini azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlar tashkil etadi.
Qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini oshirishda tuproqqa azotli o’g’itlar solish katta ahamiyatga ega. Tarkibida asosiy elementi azot bo’lgan moddalarga azotli o’g’itlar deyiladi. Azotli o’g’itlar bitta ozuqa elementi saqlovchi oddiy va azot, fosfor, uglerod, oltingugurt ozuqa elementi saqlaydigan murakkab o’g’itlarga bo’linadi. Bundan tashqari azotli o’g’itlar (ammiak va uning birikmalari) hamda nitratli va amidli (mochevina) o’g’itlarga bo’linadi. Eng muhim azotli o’g’itlarga suyuq ammiak, ammiakli suv, ammoniy xlorid, ammoniy sulfat, kaliy nitrat, natriy nitrat, kalsiy nitrat, ammoniy nitrat, mochevina, ammofos, diammofoslar kiradi. Bu o’g’itlar sanoatda quyidagi reaksiyalar asosida olinadi:
1.Suyuq ammiak NH3, tarkibida 82,4% azot bo’ladi, tuproq eritmasi ishqoriy pH<11,5 bo’ladi. N2 +3H2 →2NH3 asosida olinadi. Ammiak yuqori atmosfera bosim ostida suyuq ammiakka o’tadi.
2.Ammiakli suv, ya'ni NH4OH, tarkibida 20—22% azot bo’ladi. Tuproq eritmasi ishqoriy pH<11,5 bo’ladi.
3.Ammoniy xlorid- NH4Cl tarkibida 25% azot bo’ladi. Tuproq eritmasi kuchsiz kislotali pH>5 bo’ladi. Soda ishlab chiqarishda qo’shimcha maxsulot bo’lib quyidagi reaksiya orqli olinadi.
NH3 + NaCl + CO2 + H2O = NH4Cl + NaHCO3
4.Ammoniy sulfat-(NH4)2SO4 tarkibida 21% azot bo’ladi, tuproq eritmasi kuchsiz kislotali pH>5 bo’ladi. Quyidagi reaksiya asosida olinadi:
2NH4OH + H2SO4 =( NH4 )2 SO4 +2H2O
5.Natriy nitrat yoki natriyli selitra- NaNO3, tarkibida 16% azot bo’ladi, tuproq eritmasi neytral muhitga ega. Quyidagi reaksiya asosida
olinadi. Na2CO3+2HNO3 =2NaNO3+CO2+H2O
1.Kalsiy nitrat yoki kalsiyli selitra- Ca(NO3)2, tarkibida 15-15,5% azot bo’ladi. Tuproq eritmasi neytral muhitga ega, quyidagi reaksiya asosida olinadi. CaCO3 +2HNO3 =Ca(NO2 )2 +H2O+CO2

Download 3.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling