Umumiy va noorganik kimyo
Download 3.29 Mb.
|
Mineral o\'g\'itlar olishda xomashyo bazasiga bo\'lgan talab
2.Mochevina yoki karbamid-(NH2)2CO, tarkibida 46,5% azot bo’ladi.
Tuproq eritmasi neytral muhitga ega. quyidagi reaksiya asosida olinadi. 2NH3 + CO2 = ( NH2 )2CO + H2O 3.Nitrat ammoniy yoki ammiakli selitra-NH4NO3, tarkibida 35% azot bo’ladi. Tuproq eritmasi kuchsiz kislotali pH>5 bo’ladi. Quyidagi reaksiya asosida olinadi. NH3+HNO3 =NH4NO3 Hozirgi vaqtda azotli mineral o’g’itlar “Maxam Chirchiq”, “Ammofos-Maksam”, “Samarqandkimyo”, Navoiy va Farg’ona “azot” ishlab chiqarish birlashmalarida ishlab chiqarilmoqda. Dunyo bo’yicha 2010 yilda azotli o’g’itlar 74,4 mln. tonna ishlab chiqarildi. O’simliklardan yuqori hosil olishning eng muhim omillaridan biri fosforli o’g’itlardan unumli foydalanishdir. Lekin fosforning tuproqdagi barcha birikmalaridan o’simliklar foydalana olmaydi. Ular suvda eriydigan bo’lishi kerak. Fosforli o’g’itlar asosan fosforitlardan olinadi. O’zbekistonda fosforitlar konidagi Morakash turiga mansub zarra donador fosforitlarning zahirasi taxminan 100 mln. tonnani tashkil etadi. Qizilqum fosforit kombinati qurilmoqda. Unda 2,7 mln.tonna fosforit olinadi. Eng muhim fosforli o’g’itlar quyidagilar: fosforit talqoni, oddiy superfosfat, qo’sh superfosfat, ammoniylangan superfosfat, pretsipitat, ammofos, suyak talqoni, nitrofosfat va nitrofoskalarni tashkil etadi: Fosforit talqoni yoki appatit– Ca3(PO4)2. Uning tarkibida 16-35% P2O5 bo’lib, suvda yomon eriydi. Fosforit mineralini maydalab olinadi. O ddiy superfosfat- Ca(H2PO4)2 CaSO4, tarkibida 14-20 % P2O5 bo’ladi. Fosforitga sulfat kislota ta'sir ettirib olinadi: Ca3(PO4)2 + 2H2SO4 + 4H2O ↦Ca(H2PO4)2 + 2CaSO4 * 2H2O Qo’sh superfosfat-Ca(H2PO4)2, tarkibida 35% gacha P2O5, bo’ladi. Maydalangan fosforitga konsentrlangan fosfat kislota ta'sir ettirib olinadi: Ca3(PO4 )2 +4H3PO4 =3Ca(H2PO4 )2 P retsipitat- CaHPO4 2H2O, tarkibida 30-35% P2O5 bo’ladi, suvda eriydi. Fosfat kislotani kalsiy gidroksid eritmasi bilan neytrallash orqali olinadi: H3PO4 +Ca(OH)2 =CaHPO4 *2H2O Suyak talqoni- Ca3(PO4)2. Uy hayvonlari suyaklarini qayta ishlab olinadi. Ammofos- NH4H2PO4, tarkibida 35-50% P2O5 bo’ladi. Suvda eriydi. Fosfat kislotani ammiak bilan neytrallanganda ammofos va diammofoslar NH3 +H3PO4 = NH4H2PO4 hosil bo’ladi: 2NH3 +H3PO4 =(NH4 )2HPO4 N itrofosfat- CaHPO4 ·Ca(NO3)2, tarkibida 14-27 % P2O5 va 21-24% azot bo’ladi. Xlorappatitga nitrat kislota ta'siridan olinadi: Download 3.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling