Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Ho„llab-dazmollanganda gazlamalarning shakl olish xususiyati
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
Ho„llab-dazmollanganda gazlamalarning shakl olish xususiyati
Dazmollash, presslash, manekenlarga kiydirib, bug‗-havo bilan ishlov berish jarayonlarida gazlama yuqori temperatura, bosim va namlik ta‘sirida bo‗ladi. Namlik-issiqlik ishlovi berish operatsiyalarini o‗tkazishda rejimga qat‘iy rioya qilish lozim. SHunda tikuvchilik buyumlari yuqori sifatli bo‗lishi, gazlamalarning pishiqligi va to‗zimaslik xossalari saqlanishi mumkin. Namlik-issiqlik ishlovi berish rejimi deganda dazmollanadigan sirtning tegishli temperaturasi, gazlamaning namlanganlik darajasi, gazlamaga dazmol va pressning bosimi, ishlov berish davomliligi tushuniladi. Gazlamaga namlik-issiqlik ishlovi berish rejimi uning tola tarkibi va qalinligiga qarab tanlanadi. Tola tarkibi har xil gazlamalarga namlik-issiqlik ishlovi berish rejimi 2-jadvalda keltirilgan. Gazlama Tempera- tura, o C Gazlamani ho‗llash, % Dazmol yoki pressning bosimi, MPa Ishlov berish davomliligi, s Ip gazlama, zig‗ir tolali gazlama SHuning o‗zi Tarkibida 50-67% lavsan bo‗lgan ip gazlama va zig‗ir tolali gazlama SHuning o‗zi Viskoza va mis-amiak tolalardan to‗qilgan gazlama SHning o‗zi Asetat tolali gazlama Tabiiy shoyi Kapron gazlama SHning o‗zi Sof jun gazlama va tarkibida o‗simlik tolalari bo‗lgan jun gazlama SHuning o‗zi ― ‖ Tarkibida 35–50% nitron bo‗lgan jun gazlama 180 – 200 225 160 170 160 – 180 200 130 – 140 150 – 160 120 – 130 150 180 – 190 120 150 – 160 10 – 20 10 – 20 10 – 20 Latta orqali, 10 – 20 Bir oz ho‗llangan latta orqali SHuning o‗zi Bir oz ho‗llangan latta orqali Quruq yoki bir oz ho‗llangan latta orqali SHuning o‗zi Bir oz ho‗llangan flanel orqali Ho‗llangan latta orqali Bug‗ pressda, 10 – 20 Flanel orqali 20 – 30 0,005 – 0,025 0,005 – 0,025 0,05 – 0,15 0,05 – 0,15 0,002 – 0,01 0,002 – 0,01 0,002 – 0,01 0,002 – 0,01 0,002 – 0,01 0,002 – 0,01 0,015 – 0,25 0,015 – 0,15 0,01 – 0,03 30 10 20 – 45 20 – 45 10 20 – 30 20 – 30 10 10 30 20 – 45 30 – 80 35 – 60 92 Jun gazlamalardan tikilgan kiyimlar materialining ayrim joylarini majburiy kirishtirish yoki majburiy cho‗zish yo‗li bilan kiyimga zarur shakl berish mumkin. Kiyim bu shaklni saqlab qolishi uchun bu ishlar gazlama butunlay quriguncha qilina-di. Gazlamaning majburan kirishish va majburan cho‗zilish xususiyati plastik xossalari deb ataladi. Gazlamaning plastik xossalari uning tola tarkibiga, zichligi va pardoziga bog‗liq. Sof jun movut gazlamalarning plastik xossalari eng yuqori bo‗ladi. qayta tarash usulida yigirilgan, pishitilgan kalava ipdan to‗qilgan va nisbiy zichligi hamda qayishqoqligi katta bo‗lgan sof jun gazlamalar (gabardinlar, kostyumlik kreplar) ni majburan kirishtirish ancha qiyin. Bunga sabab shuki, nisbiy zichligi yuqori (120—140%) bo‗lgan iplar juda kam zichlanadi. Tarkibida sintetik tolalar ko‗p bo‗lgan jun gazlamalarni ham majburan kirishtirish qiyin. Agar lavsanli gazlamalar maxsus pardoz — termofiksatsiyadan o‗tkazilgan bo‗lsa, ularni amalda majburan kirishtirib bo‗lmaydi. YAngi kiyim modellari yaratish va konstruksiyalarini ishlab chiqishda buni hisobga olish lozim. Gazlamaga namlik-issiqlik ishlovi berishda uning o‗ng sirti strukturasi xarakterini hisobga olish kerak. Kalta tik tukli gazlamalar (velyur, bobrik, baxmal, ip duxoba va hokazo) ni teskarisidan tarovchi kardolenta yordamida ho‗llangan latta orqali dazmollash tavsiya qilinadi. Bunda dazmolni uncha bosmasdan va namlik-issiqlik ishlovi berish rejimiga rioya qilib dazmollanadi. Qavariq relefli naqshi bo‗lgan gazlamalar («Kosmos» tipidagi gazlamalar) namlik- issiqlik ishlovidan o‗tkazilmaydi yoki yumshoq narsa ustiga qo‗yib, teskari tomonidan dazmollanadi. Plisse va gofre — gazlamalarga namlik-isiqlik ishlovi berish usullari bo‗lib, gazlamalar sirtida turli shaklda ko‗p burmalar hosil qilish uchun qo‗llaniladi. Buning uchun gazlamalarga ularni tashkil etuvchi tolalar bardosh beradigan temperaturada, masalan, lavsan gazlamaga 200, nitron gazlamaga 180, zig‗ir gazlamaga 150, viskoza gazlamaga 140, ip gazlamaga 130, kapron gazlamaga 120, jun gazlamaga 110, tabiiy shoyiga 100, atsetat gazlamaga 90°C da bug‗ bilan 20 min ishlov beriladi. Gazlamaning plissellanish xususiyati uning tola tarkibiga bog‗liq. Agar lavsan yoki nitron gazlamalarda plissening turg‗unligini 100% deb qabul qilsaq jun gazlamalarda 25%, tabiiy va atsetat shoyi gazlamalarda 20%, viskoza shoyida 5% bo‗ladi. Gazlamalarga namlik-issiqlik ishlovi berish rejimi buzilganda turli nuqsonlar kelib chiqadi. Temperatura oshib ketsa, tabiiy tolalardan to‗qilgan gazlamalar kuyishi mumkin. Natijada uning pishiqligi 50% va undan ko‗p pasayadi yoki butunlay yaroqsiz holga keladi. Lavsanli gazlamalarga ishlov berilganda namlik va temperatura oshib ketsa, ularda ketmaydigan dog‗lar paydo bo‗lishi, rangi yoki zichligi o‗zgarishi mumkin. Haddan tashqari ho‗llab, 140°C dan oshiq temperaturada dazmollanganda atsetat gazlamalar eriydi, atsetat tolali gazlamalarda ketishi qiyin bo‗lgan yaltiroq joylar hosil buladi. Qayta tarash usulida yigirilgan ipdan to‗qilgan zich gazlamalar (gabardin va hokazo) ga press yoki dazmolni qattiq bosib yuborish natijasida choklarda yaltiroq joylar paydo bo‗ladi. Tukli gazlamalar (bobrik va qokazo) da tuklar ezilishi natijasida yaltiroq joylar hosil bo‗ladi. Buni yuqotish uchun gazlamalar yengilgina bug‗lanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling