Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
Zig‘ir Zig‗ir — zig‗ir poyaning lub qismidan olinadigan tola. Usimliklarning poyalari va barglaridan olinadigan tolalar lub tolalari deb ataladi. Zig‗ir ekiladigan maydon va yig‗ib olinadigan zig‗ir miqdori jihatidan dunyoda birinchi o‗rinda turadi. Zig‗ir tolasi elementar va texnik tolalarga bo‗linadi. elementar zig‗ir tolasi bir o‗simlik hujayrasidan iborat. Texnik tolalar pektin moddalar (ta‘biiy elim moddalar) vositasida uzaro birikkan elementar tolalar dastasidan tash- kil topadi. Elementar zig‗ir tolasini mikroskop ostiga qo‗yib qarasaq o‗rtasida tor kanali va yug‗onlashgan tirsaksimon joylari bo‗lgan o‗simlik hujayrasini ko‗ramiz (2-rasm). Tolalarning uchi o‗tkir, kanali ikki tomondan berq Zig‗ir tola-sining ko‗ndalang kesimi o‗rtasida kanali bor 5—6 yoqli ko‗pburchakdan iborat. Zig‗ir tarkibida 80% sellyuloza va 20% boshqa aralashmalar bor. Bu aralashmalar moy, mum, buyoq, mineral moddalar va lignin (hujayraning yog‗ochlashish mahsuloti) dan iborat. Lignin tolalarni qattiklashtiradi. Zig‗ir tolasida taxminan 50% lignin bor, shuning uchun u paxtaga qaraganda ancha qat- tiq bo‗ladi. Elementar zig‗ir tolalarining yo`g‗onligi paxtanikidek uzunligi 15— 26mm. Jun — junli hayvonlarning teri qatlamidagi shoxsimon o‗simtalar. To‗qimachilik sanoatida q`oy, tuya, echki, qoramol va quyon juni ishlatiladi. Jun tolalari (qillar) ildiz va tana qismlardan iborat. Ildiz — junning teri qatlami ostidagi qismi, tana — teridan chiqib turgan va oqsil — keratindan iborat bo‗lgan qismi. Jun tolasining tanasi tangachali, qobiq va uzak qatlamlardan iborat (3- rasm). Tangachali qatlam tola tanasini tashqaridan qoplab turgan shoxsimon tangachalardan iborat. Tolaning tipiga qarab tangachalar halqasimon, yarimhalqasimon yoki plastinkasimon bo‗lishi mumkin. Tangachali qatlam tola tanasini emirilishdan saqlaydi, tolani tovlantirib turadi va tolalarning bosiluvchanlik xossasini yaxshilaydi. Qobiq qatlam jun tanasini hosil qiladigan a b 2-rasm. Zig`ir elementar tolasining mikroskop ostidagi ko`rinishi: a – tashqi ko`rinishi va ko`ndalang kesimi, b – bo`ylama kesimi. a b c d 3-rasm. Har xil tipdagi jun tolalar: a-momiq, b-oraliq tuk, c-da g`al tuk, d-o`lik tola, 1-tanga chali qatlam, 2-qobiq qatlam 3-o`zak qatlam. 107 urchuqsi-mon hujayralardan iborat bo‗lib, uning pishiqligi, elastikligi va boshqa sifatlarini belgilaydigan asosiy qatlam hisoblanadi. O‗zak qatlam tola o‗rtasida yotadi, u havo bilan to‗lgan hujanralardan iborat. YO`g‗onligi va tuzilishiga qarab, jun tolalari quyidagi tiplarga bo‗linadi: momiq, dag‗al tuq oraliq. va o‗lik tolalar. Tabiiy ipak — ipak qurti o‗raydigan juda ingychka ip. Pillakashlik fabrikalarida ipak qurti nillalari ipak tortish avtomatlarida tortiladi. Tortish paytida bir necha ipakning uchi birlashtiriladi. Natijada xom ipak hosil bo‗ladi. Xom ipak iplari yumshatilgan oqsil — s e r i s i n bilan bir-biriga birikkan bir necha pbilla ipidan iborat. Pillalarni yig‗ish va tortish paytida hosil bo‗lgan chi`indilar (ustki chigal qatlamlar, pilla pustloqlarining qoldiqlari, teshilgan va tortib bo‗lmaydigan pillalar) dan kalava ipak olishda foydalaniladi. Pilla iplarini mikroskop ostiga qo‗yib qaralsa, parallel yotgan ikki ipak tolasi va notekis seritsin qatlami ko‗rinadi. Ayrim ipak tolalarining ko‗ndalang kesimi dumaloq, ovalsimon, uchta dumaloq yoqli yoki yassi, lentasimon bo‗lishi mumkin (4-rasm). Pilla ipi oqsillar: fibroin (75%) va seritsin (25%) dan iborat. Pilla ipining yo`g‗onligi butun uzunligi bo‗yicha bir xil bo‗lmaydi va 0,5 dan 0,18 teksgacha (№ 2000—5600) o‗zgarib turadigan chiziqli zichligi bilan ifodala-nadi. Bitta tolaning ko‗ndalang o‗lchami o‗rtacha 16 mkm, pilla ipiniki esa 32 mkm. Xom ipak ko‗pincha 1,556 va 2,33 teks yo`g‗onlikda ishlab chiqariladi. Pilla ipining uzunligi 1500 m ga etadi. Pillaning ustki va ichki qatlamlari tortilmaydi, shuning uchun tortilgan ipning o‗rtacha uzunligi 600—900 m. Pilla ipining uzilish nagruzkasi 10 kH, nisbiy uzilish nagruzkasi 27—31,5 kH/teks. Ipakning uzilishdagi uzayishi 22% ga etadi. To‗ liq uzayishning taxminan 60% ini yo`qoluvchi deformatsiya tashkil qiladi. SHuning uchun tabiiy ipakdan to‗qilgan gazlamalar uncha g‗ijimlanmaydi. Normal sharoitda tolalarning gigroskopikligi 11%. Kaynatilgan pilla iplari oq, bir oz sarrishroqratsgda buladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling