Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/93
Sana13.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1701323
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93
Bog'liq
Majmua Tolalar ish chiq

Tabiiy ipak — ipak qurti o‗raydigan juda ingychka ip. 
Pillakashlik fabrikalarida ipak qurti nillalari ipak tortish 
avtomatlarida tortiladi. Tortish paytida bir necha ipakning uchi 
birlashtiriladi. Natijada xom ipak hosil bo‗ladi. Xom ipak iplari 


112 
yumshatilgan oqsil — s e r i s i n bilan bir-biriga birikkan bir necha pbilla ipidan iborat. 
Pillalarni yig‗ish va tortish paytida hosil bo‗lgan chi`indilar (ustki chigal qatlamlar, pilla 
pustloqlarining qoldiqlari, teshilgan va tortib bo‗lmaydigan pillalar) dan kalava ipak 
olishda foydalaniladi. 
Pilla iplarini mikroskop ostiga qo‗yib qaralsa, parallel yotgan ikki ipak tolasi va 
notekis seritsin qatlami ko‗rinadi. Ayrim ipak tolalarining ko‗ndalang kesimi dumaloq
ovalsimon, uchta dumaloq yoqli yoki yassi, lentasimon bo‗lishi mumkin (4-rasm). 
Pilla ipi oqsillar: fibroin (75%) va seritsin (25%) dan iborat. 
Pilla ipining yo`g‗onligi butun uzunligi bo‗yicha bir xil bo‗lmaydi va 0,5 dan 0,18 
teksgacha (№ 2000—5600) o‗zgarib turadigan chiziqli zichligi bilan ifodala-nadi. Bitta 
tolaning ko‗ndalang o‗lchami o‗rtacha 16 mkm, pilla ipiniki esa 32 mkm. Xom ipak 
ko‗pincha 1,556 va 2,33 teks yo`g‗onlikda ishlab chiqariladi. 
Pilla ipining uzunligi 1500 m ga etadi. Pillaning ustki va ichki qatlamlari 
tortilmaydi, shuning uchun tortilgan ipning o‗rtacha uzunligi 600—900 m. 
Ipakning uzilishdagi uzayishi 22% ga etadi. To‗ liq uzayishning taxminan 60% ini 
yo`qoluvchi deformatsiya tashkil qiladi. SHuning uchun tabiiy ipakdan to‗qilgan 
gazlamalar uncha g‗ijimlanmaydi. 
Normal sharoitda tolalarning gigroskopikligi 11%. 
Kaynatilgan pilla iplari oq, bir oz sarrishroqratsgda buladi. 
Kimyoviy turg‘unlig‘i jihatidan tabiiy ipak jundan afzal turadi. Kiyimlarni 
kimyoviy tozalashda ishlatiladigan suyultirilgan kislota va ishqorlar, organik erituvchilar 
tabiiy ipakka ta‘sir qilmaydi. 
Tabiiy ipak faqat konsertratsiyalangan ishqorlarda qaynatilganda eriydi. Fibroin 
seritsinga qaraganda ancha turg‗un oqsil: sovun-sodali eritmalarda qaynatilganda seritsin 
eriydi, fibroin esa erimaydi.
Bo‗yalgan tabiiy ipak tolalariga suv uzoq ta‘sir etib turganda 
ularda oqish dog‗ paydo bo‗lib, buyumlarning ko‗rkamligini 
buzadi. Ho‗l holatda tabiiy ipakning pishiqligi 5—15 % 
pasayadi. 
Tabiiy ipak tolalari 110°C dan yuqori temperaturada pishiqligini yo`qotadi. Tug‗ri 
tushayotgan quyosh nurlari ta‘sirida ipak boshqa tabiiy tolalarga qaraganda tezroq 
emiriladi. Quyosh nurlari 200 soat mobaynida tushib turganda ipakning pishiqligi 50 % 
pasayadi. 
Tabiiy ipak xuddi junga o‗xshab yonadi. YOvvoyi ipak qurti (eman qurti) 
ipagining tolasi tut qurti ipagining tolasidan ancha dag‗al bo‗ladi. Uning pillalari deyarli 
tortilmaydi, shuning uchun faqat kalava ip olishda ishlatiladi. 
Asbbest 
Asbest – tabiiy mineral tola; u o‗tga chidamli, elektr va issiqlikni izolyasiyalash 
xossalari yuqori bo‗lgani uchun texnik maqsadlarga ishlastiladi. 

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling