Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/93
Sana13.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1701323
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   93
Bog'liq
Majmua Tolalar ish chiq

AMALIY MASHG`ULOT №2 
Mavzu: TOLALAR XOSSALLARINI ORGANOLEPTIK USULI BILAN 
ANIQLASH 
Ishning maqsadi: Tabiiy tolalarning asosiy turlari, tuzilishini va xossalarini 
o`rganish, tolalar xossallarini organoleptik va laboratoriya usuli bilan aniqlash. 
ASOSIY MA`LUMOTLAR:
 
Paxta tolasining ko`ndalang qismi oval shaklda bo`ladi. 
Kimyoviy tarkibi jihatidan paxta deyarli sof sellyuzadan iborat. Pishgan 
paxta tolasi 95—96% sellyuza va 4—5% turli aralashmalar – moy, mum, bo`yoq 
va mineral moddalardan iborat. Tolaning sirtqi sellyuza-moy qatlami kutikuladeb 
ataladi. 
Tolalarning uzunligi bilan yo`g`onligi bir-biriga bog`liq, ular paxta naviga 
qarab har xil bo`ladi (1-jadval). 
Tolalar ko`ndalang kesimining o`rtacha o`lchami 15—25 mkm. Kalta tolali 
paxtani qayta ishlab yo`g`on va tukdor kalava ip olinadi; uundan bayka, flannel, 
bumazey va boshqa gazlamalar tayyorlanadi. O`rtacha tolali paxtadan o`rtacha 
nomerli ip yigiriladi; undan chit, satin va boshqa gazlamalar to`qiladi. 
Uzun tolali paxtadan eng ingichka va silliq ip yigiriladi; undan sifatli yupqa 
ip gazlamalar – batist, markizet, mayin satin va boshqa gazlamalar tayyorlanadi. 
1-jadval 
Paxta 
Yo„g„onligi (ingichkaligi) 
Uzunligi, mm 
Teks 
№ 
Uzun tolali 
O‗rtacha tolali 
Kalta tolali 
0,116—0,125 
0,2—0,166
0,25—0,2 
6000—8000 
5000—6000 
4000—4800 
35 va undan uzun
28—34 
28 gacha 
Tolalarning pishiqligi ularning pishganlik darajasiga bog‗liq. Pishiqlik bilan 
o‗lchanadi. Normal pishgan tola uchun o‗rtacha uzish kuchi 5 kH, nisbiy uzish 
kuchi 27—36 kH/teks, tolalarning uzilishidagi to‗liq uzayishi 7—8%. To‗liq 
uzayishning taxminan 50% ini plastik deformasiya tashkil qiladi. SHuning uchun 
ip gazlama ancha g‗ijimlanuvchan bo‗ladi. 


109 
Tolalarning rangi oq, biroz sariq. Ba`zi g‗o‗za navlaridan to‗q sariq sarg‗ish 
va boshqa tabiiy rangdagi tolalar olinadi. Bunday tolalarning kutikulasi tarkibida 
bo‗yovchi pigment bo‗ladi.
Paxtaning gigroskopikligi ancha yuqori. Paxtaning namligi namliq 
temperatura sharoitiga va ifloslanganlik darajasiga bog‗liq. Normal sharoitda 
(temperatura 20
o
C va havoning nisbiy namligi 65%) pishgan tolalarning namligi 
8—9% bo‗ladi. Havoning nisbiy namligi oshgan sari paxtaning namligi ham 
oshadi va havoning namligi 100% bo‗lganda 20% ga etadi. Paxta namni tez 
shimadi va ketkazadi, ya`ni tez quriydi. Paxta tolasi suvga botirilganda shishadi
shunda uzilishga pishiqligi 15—17% oshadi. 
Paxtaga kislotava ishqorlar ta`sir etadi. Paxta kislotasiga chidamsiz. U hatto 
suyltirilgan kislotalar ta`sirida ham emirilada, kislotalari uzoq ta`sir qilib tugan ip 
gazlama qurilgandan keyin pishiqligi shunchalik pasayib ketadiki, hatto papiros 
qog‗ozidek yirtilib ketaverardi. Konsetrasiyalangan sul`far kislota tolani ko‗mirga 
aylantiradi.
Paxta tolalari sarg‗ish alanga berib yonadi va to‗liq yonib kulrang kul hosil 
qiladi. Tolalar kuydirilganda ulardan kuygan qog‗oz hidi keladi.

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling