Universiteti tarix fakulteti ashirqulov jamshid


Download 69.16 Kb.
bet4/10
Sana05.05.2023
Hajmi69.16 Kb.
#1427643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishing hajmi; Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa,
foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, Kurs ishi umumiy
30 betni tashkil etadi.

I BOB AQSH XVIII ASR OXIRI –XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA.
1.1 Mavzuning manbashunosligi.
AQSH iqtisodiyotining rivojlanishiga ko‘plab erlarning mavjudligi, tabiy boyliklarning etarligi, Evropadan ommaviy immigratsiya va chet el sarmoyalarning oqib kelishi katta ta’sir ko‘rsatdi.
Mustaqillik uchun urushdan so‘ng AQSH-ning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha borardi. Mamlakatning shimoliy-sharqiy qismida sanoat to‘ntarilishi bo‘lib o‘tardi. O‘zlashtiriladigan g‘arb erlarida fermerlik xo‘jaligi keng tarqalardi. Shu davrning o‘zida janubiy shtatlarda plantatsion ko‘ldorchilik xo‘jaligi mustahkamlanardi.
XVIII a. oxiri-XIX a. boshlarida AQSH-da sanoat to‘ntarilishi uchun zaminlar vujudga keldi. Amerikada Evropaning texnika va fan yutuqlaridan keng foydalanildi. Bundan tashqari, AQSH-da sanoat to‘ntarilishi bir tekis bormasdi. Asosan, sanoat to‘ntarilishi shimoliy-sharqiy shtatlarda bo‘lib o‘tardi. Sanoat to‘ntarilishi ip-gazlama va jun-to‘qimachilik sanoatlardan boshlandi. 1790 yilda AQSH da birinchi yigiruv fabrikasi ishga tushdi.
20-40-yillarda keng tarqalgan sanoat inqilobi bir necha o‘n yilliklarga cho‘zilib ketdi. XIX asrning birinchi yarmida iqtisodiyotda xunarmandchilik va manufaktura salmoqli o‘rin egallardi. Lekin sanoat to‘ntarilishi yangi tarmoqlarni o‘ziga tortardi. Mashinasozlik o‘sib borardi.
Ichki bozorning kengayishi kanallarning jadal qurilishiga olib keldi. 1807 yili R.Fultonning paroxodni (bo‘g‘ kemasi) ixtiro qilishi kemasozlikda inqilob yasadi. 1828 -1830 yillarda birinchi temir yo‘li (Baltimor-Ogayo) ko‘rildi. Temir yo‘llarning uzunligi 1848 yilda 10 ming km.edi. Lekin relslarning ko‘p qismi Angliyadan olib kelinardi.
To‘qimachilikda sanoat to‘ntarilishining xususiyati shunda ediki-bu erda ko‘plab daryolarning arzon suv energiyasidan foydalanilardi.
AQSH-da sanoat to‘ntarilishining oxirgi bosqichi XIX asrning 50-yillarida boshlandi.
AQSHning shimoliy-sharqiy qismidagi sanoat to‘ntarilishi bilan birgalikda g‘arbda erlarni o‘zlashtirish davom etardi. Bu erlarda fermerlik xo‘jaligi hukmronlik qilardi. Fermerlar bosimi ostida hukumat sotiladigan er uchastkalari hajmlarini 640 akrdan 80 akrgacha kamaytirdi. Jamoat erlar jamg‘armasiga Allegan tog‘laridan g‘arbda joylashgan erlar kirgan edi. Qo‘chib kelgan muhojirlar ommasi ushbu jamg‘armaga kirmagan erlarni o‘zlashtira boshladilar. 1841 yili o‘zlashtirib bo‘lingan erlarni nominal narxda sotib olish huquqi berilishi g‘arbga ko‘chib o‘tish jarayonini kuchaytirdi. 1790 yili Alleganlardan g‘arbda 222 ming kishi yashagan bo‘lsa, 1850 yilda esa 10 mln. kishi istiqomat qilardi.
Mamlakatning janubiy shtatlarida esa quldorchilik tizimi hukmronlik qilar edi. Sanoat to‘ntarilishi davrida ingliz to‘qimachilik sanoatining (keyinchalik AQSH shimolidagi to‘qimachlik sanoatining rivojlanishi) yuksalishi va paxtaga talabning o‘sishi Janub taqdiriga katta ta’sir ko‘rsatdi. Paxta etishtirish juda daromadli ishga aylandi. 1790 yili 3 ming kipa (bir kipada 1000 funt) ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1860 yili esa 38 mln. kipa ishlab chiqarildi. Negr-qo‘llarning soni bu davrda 700 mingdan 4 mln.gacha o‘sdi. Janubdagi ekstensiv quldorchilik xo‘jaligi ko‘proq qullar va plantatsiyalar uchun bo‘sh erlarni talab qilardi. Qo‘ldorchilik tizimi sanoatning va qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga to‘sqinlik qilar edi.
XVIII asr oxirlaridan AQSH siyosiy xayotidagi eng muhim taraflaridan biri ikki partiyaning galma-gal hukmronligi bo‘ldi. Partiyalar faoliyati asta-sekinlik bilan mamlakatda ikki partiyalik tizimning mexanizmlarini shakllantirdilar. XVIII oxiri-XIX birinchi yarmida mamlakatning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi bilan birgalikda ikki partiyalik tizim o‘z rivojlanishida bir necha bosqichlardan o‘tdi. Birinchi milliy partiyalar-federalistlar va respublikachilar-1790-1810 yillarda xukmronlik qildilar. Keyinchalik bir partiyalik «xayrli totuvlik erasi» keldi. XIX asrning ikkinchi choragida esa «vigilar-demokratlar» ikki partiyalik tizim vujudga. Bu tizim 50-yillarda qo‘lchilik masalasiga urilib quladi.
XVIII asr oxiri-XIX asr boshlari AQSHning xududiy ekspansiyasi davri edi. 1803 yilda Fransiyadan Luizianani sotib olinishi AQSH territoriyasini deyarli ikki barobar o‘sishiga olib keldi. 1810-1813 yillarda qurollangan muhojirlar (asosan fermerlar va plantatorlar) Ispaniyaga tegishli g‘arbiy Floridani bosib oldilar. 1818 yilda esa general E.Djekson hindularni ta’kib qilish bahonasida SHarqiy Floridani bosib oldi. Keyinchalik bu anneksiya sotib olish shaklida rasmiylashtirildi.
20-yillardan quldorlar Texasga bostirib kira boshladlar. O‘zlari bilan negr-qo‘llarni olib kelib, bu erlarda plantatsiyalar tashkil qildilar. 1836 yilda esa bu erda quldorchilik respublikasi e’lon qilindi. Meksika qo‘shinlarining Texasni qaytarishga bo‘lgan urinishlari behuda ketdi. Tez orada Texas AQSH tomonidan anneksiya qilindi.
1846 yili AQSH Meksikaga urush e’lon qildi. AQSH- ning iqtisodiy va harbiy ustunligi ko‘zga tashlanib turardi. Amerikaliklar meksikaliklarni tor-mor etib poytaxt Mexikoni egallashdi. Tinchlik shartnomasiga ko‘ra Meksika AQSH-ga Yangi Meksikani, Shimoliy Kaliforniyani berishga, Texasning ajralganini tan olishga majbur bo‘ldi va shu tariqa o‘z xududlarining yarmisini yo‘qotdi.
Ekspansiya shimoliy-g‘arbga ham yo‘naltirildi: 1846 yilda Angliya AQSHning Oregon xududlariga da’volarini tan oldi. 1776 yildan XIX asrning o‘rtalariga kelib AQSH territoriyasi 8-karra o‘sdi. Bosib olingan erlarni o‘zlashtirish maxalliy hindularni ommaviy surib chiqarish va qirish bilan olib borildi.
Markaziy va Janubiy Amerikada o‘z ta’sirini o‘tkazish maqsadida prezident Monro mahsus doktrinani 1823 yilda e’lon qildi. Monro doktrinasidagi asosiy shior «Amerika amerikaliklar uchun» tez orada «Amerika shimoliy amerikaliklar uchun» mazmunini kasb etdi.
1850 yilda AQSH va Angliya Markaziy Amerika xududlaridan o‘tadigan bo‘lajak kanalni nazorat qilish to‘g‘risida kelishuvga kelishdi. Shu davrning o‘zida AQSH Ispaniyaga tegishli Kubani sotib olish yoki bosib olishga intildi. Uzoq Sharqda esa AQSH Xitoy va Yaponiyani tengsiz shartnomalarni imzolashga majbur qildi.
30-yillardan boshlab AQSH-da ommaviy umummilliy abolitsionizm harakati (abolition-ma’n qilish, yo‘q qilish) keng tarqaldi. Abolitsionizm -qo‘lchilikni yo‘q qilishga qaratilgan harakat edi. Bu harakatda aholining turli qatlamlari ishtirok etdilar.
Qulchilikga qarshi demokratik harakatda negrlarning kurashi katta o‘rin tutardi. Qullarning eng yirik qo‘zg‘olonlaridan biri 1831 yili Nat Terner boshchiligida Virginiyada bo‘lib o‘tdi. Qo‘zg‘olonchilar plantatorlarni o‘ldirdilar. Qo‘zg‘olon bostirildi, uning ishtiroqchilardan ko‘plari qatl etildi.
Qullar kurashining eng tarqalgan usuli qochish edi. Janubiy shtatlardan qochgan qullarga yordam berish tizimi «er osti temir yo‘li» deb nom oldi 1830-1860 yillarda «er osti yo‘lidan» 60 ming qullar qochdilar.
Abolitsionistik harakatning umummilliy miqyosda rivojlanishiga 1833 yilda «Qulchilikka qarshi kurashish Amerika jamiyati» asos soldi. Jamiyatning rahbari «Libereytor» jurnalining muharriri Uilyam Garrison (1830-1865) edi. Lekin, Garrison qo‘lchilikga qarshi kurashning jadal siyosiy usullaridan foydalanmasdi. Asosiy usul sifatida tushuntirish va targ‘ibot edi.
1840 yili «Qulchilikka qarshi kurashish Amerika jamiyati»da ixtilof paydo bo‘ldi. Faol siyosiy harakatlar tarafdorlariga siyosiy arbob va publitsist Frederik Duglas boshchilik qildi. Garrisonning «Quldorlar bilan hech qanday ittifoq» shioriga qarshi Duglas «Qulchilik bilan hech qanday ittifoq» degan shiorini ilgari surdi.

Download 69.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling