Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet150/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

 
 
 
 
Oʻtgan asrning 70— 80 yillaridagi ayrim sotsiolingvistik izlanishlar bir 
tomonlama — oʻsha vaqtdagi til siyosati nuqtai nazari va talablari asosida olib 
borilgan. Sotsiolingvistikadagi meʼyoriylik mezoni deyilganda tilning muayyan 
meʼyorlar asosida muvofiqlashtiriluvi tushuniladi. Til grammatikasiga oid qonun-
qoidalarning yaratilishi meʼyorlashtirishning muhim omillaridan hisoblanadi. 
Meʼyorlashtirilgan til muayyan jamiyatning ehtiyoji uchun xizmat qiladigan
muayyan 
qonun-qoidalar 
asosida 
muvofiqlashtirilgan 
milliy-adabiy 
tildir. Hududiylik tilning maʼlum hudud bilan bog‘liqligini ifoda etadi. Hududiylik 
millat, elatga xos urf-odat, anʼanalar, tarixiy-etnik birlik va yagona davlat 
tizimining shakllanganligi bilan bog‘liq. Millatning, hududning, tarixiy-etnik asos 
va taraqqiyotning boshqa-boshqaligi tillar o‘rtasidagi farqlar uchun asos bo‘ladi. 
Millat va etnik asosning bir xil bo‘lishi hududning farq qilishidan qatʼi nazar, 
aloqamunosabat vositasining bir xil bo‘lishini taʼminlaydi. 
Masalan, o‘zbek va tojik tillarida har bir tilning o‘ziga xosligi ko‘zga 
tashlanadi. Bir xil etnik asosga ega bo‘lgan o‘zbek va qirg‘iz tillari o‘rtasida 
fonetik, leksik, grammatik farqlar bor. Adabiy til va shevalar o‘rtasida ham tilning 
ichki tuzilishi bilan bog‘liq farqlar kuzatiladi. Ijtimoiy tabiati va o‘ziga xos 
xususiyatlaridan kelib chiqib, tillarni quyidagicha guruhlash mumkin. 
Meʼyorlashtirilgan tillar 
Adabiy til meʼyoriga ega bo‘lgan tillardir. Bunday tillarga adabiy shakliga 
ega bo‘lgan barcha tillar kiradi. Adabiy til tarixiy taraqqiyot jarayonida 
takomillashib, o‘zgarib boradi. 
Qadimiy tillar 
Tillarning dastlabki taraqqiyoti davrida shakllangan, takomiliga yetgan, eng 
qadimiy madaniy-maʼnaviy yodgorliklar yaratilgan tillardir. Bu tillar keyingi 


216 
davrlarda shakllangan bir qator tillar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Qadimiy 
tillar kishilik jamiyatining umumiy taraqqiyoti uchun katta ahamiyat kasb etgan. 
Maʼlum davrda aloqa-munosabat vositasi sifatida mavjud bo‘lib, keyingi davrlarda 
isteʼmoldan chiqa borgan. Natijada o‘lik tilga aylangan. Lotin tili qadimiy tilning 
yaqqol namunasidir. 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling